Oq soʻyloq
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Asl nomi | White Fang |
---|---|
Muallif(lar) | Jack London |
Tarjimon(lar) | Olim Otaxon |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1906 |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2010 |
Sahifalar soni | 160 |
ISBN | ISBN 978-9943-03-330-6 |
Avvalgisi | „Yovvoyilik chaqirigʻi“ |
„Oq soʻyloq“, baʼzan „Oq soʻyloqtish“ oʻlaroq tarjima qilinadi (inglizcha: White Fang) — amerikalik yozuvchi Jack London qalamiga mansub roman. Kitob oʻlaroq birinchi marta 1906-yil „Macmillan“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Ilk bor oʻsha yili „Outing“ jurnalida chop etilgan.
Romandagi hodisalar 1890-yillarda Kanadada sodir boʻladi. „Oq soʻyloq“ muallifning „Yovvoyilik chaqirigʻi“ (inglizcha: The Call of the Wild) romanining sherigi va mavzu jihatdan aksidir. „Oq soʻyloq“ romanining bosh qahramoni boʻri boʻlsa, „Yovvoyilik chaqirigʻi“ romanining bosh qahramoni xonakilashtirilgan it haqidadir.
Roman bosh qahramon Oq soʻyloq nuqtai nazaridan soʻzlab beriladi. Bu esa muallifga jonivorlar dunyoga va insonlarga qanday koʻz bilan qarashi haqida yozish imkonini bergan. Asarda axloq kabi murakkab mavzular ham koʻrib chiqiladi. Roman bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan, uning asosida bir necha film suratga olingan.
„Oq soʻyloq“ gʻarbda roman hisoblanadi. Rossiyada, shu sabab Oʻzbekistonda ham qissa deb yuritiladi. Romanni oʻzbek tiliga Olim Otaxon tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 2010-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa uyida chop etilgan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bir indeysning iti undan qochib ketadi. Oradan yillar oʻtib indeys itni boʻricha bilan koʻrib qoladi. Boʻrichaga Oq soʻyloq laqabini berishadi.
Boʻri ulgʻayadi, insonlarga boʻysunishni oʻrganadi. Oq soʻyloq nomaqbul xoʻjayon qoʻliga tushib qoladi. Bu xoʻjayin it urishtirishga qiziqadi. Janglarning birida Oq soʻyloq oʻlishiga oz qoladi. Buni yosh Weedon Scott (talaffuzi: Uidon Skott) ismli muhandis koʻrib qoladi va Oq soʻyloqni sotib oladi. Scott Oq soʻyloqqa yaxshi qaraydi, ikkisi bir-biriga bogʻlanib qoladi.
Qahramonar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oq soʻyloq – bosh qahramon; boʻri
- Grey Beaver (talaffuzi: Grey Biver) – Oq soʻyloqning birinchi xoʻjayini
- Beauty Smith (talaffuzi: Byuti Smit) – Oq soʻyloqning ikkinchi xoʻjayini
- Weedon Scott (talaffuzi: Uidon Skott) – Oq soʻyloqning uchinchi xoʻjayini
Oʻzbekcha tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asarni oʻzbek tiliga rus tilidan Olim Otaxon tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 2010-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa uyida chop etilgan. Mazkur nashr lotin yozuvida nashr qilingan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Shoyim Boʻtayev – muharrir, Akrom Bahromov – rassom, Shuhrat Mirfayozov – rasmlar muharriri, Tatyana Smirnova – texnik muharrir, Dono Toʻychiyeva – musahhih, Jamila Turgʻunova – komputerda sahifalovchi. Kitob adadi – 3 000 nusxa.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]