Oq qorinli laylak
Oq qorinli laylak | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Turkum: | Laylakdoshlar |
Oila: | Laylaklar |
Turlari: | Oq qorinli laylak (Abdim laylagi) |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Ciconia abdimii Lichtenstein, 1823 | |
Areal | |
Oq qorinli laylak[1] (lotincha: Ciconia abdimii) — laylaklar oilasiga mansub qushlar turi. Ushbu tur Sudandagi Turk Vodi Halfa gubernatori Bey El-Arnaut Abdim (1780–1827) sharafiga Abdim laylagi deb ham yuritiladi[2].
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu laylakning rangi asosan qora, qanotlari va koʻkragi oq rangda. Oyoqlari qizil, tumshugʻi kulrang. Koʻz atrofidagi teri qizil rangga ega, juftlashish davrida tumshugʻi oldidagi teri koʻk tusga kiradi. Eng kichik laylaklardan biri, oq qorinli laylakning uzunligi taxminan 73 sm, ogʻirligi esa taxminan 1 kg. Urgʻochisining boʻyi erkaklarnikidan bir oz pastroq, 2-3 dona tuxum qoʻyadi.
Oq qorinli laylak asosan chigirtkalar, qurtlar va boshqa yirik hasharotlar bilan oziqlanadi. Baʼzi hollarda esa kichik sudralib yuruvchilar, amfibiyalar, sichqonlar, qisqichbaqalar va tuxumlarni ham istemol qiladilar[2].
Areal
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Afrikada hamda Efiopiyadan Janubiy Afrikagacha boʻlgan hududda yashaydi. Bu laylak turi AQShning Florida shtatida ham uchraydi, ular u yerga koʻchib oʻtishgan yoki ataylab olib borilgan boʻlishi mumkin. Biroq populyatsiyaning koʻpayayotganiga oid hech qanday dalil yoʻq[3].
Fotosurat
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
San-Diego hayvonot bogʻida
-
Oq qorinli laylak tuxumi - Tuluza muzeyi
-
Tampa Busch bogʻidagi Oq qorinli laylak (videoklip).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 26. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
- ↑ 2,0 2,1 "Abdim's Stork Fact Sheet, Lincoln Park Zoo". Archived from the original on 2012-08-15. Retrieved 2011-07-08.
- ↑ BirdLife International (2016). „Ciconia abdimii“. IUCN Red List of Threatened Species. 2016: e.T22697673A93629659. doi:10.2305/IUCN.UK.2016-3.RLTS.T22697673A93629659.en. Retrieved 6 September 2021
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Видео-, аудио- и фотоматериалы о виде Белобрюхий аист (англ.) в базе данных The Internet Bird Collection.