Oq jiblajibon
Oq jiblajibon | ||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oq jiblajibon | ||||||||||||||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||
Oq jiblajibon tarqalish hududi (sariq - yozgi mavsum, yashil - yil davomida, ko'k - qishlash hududi)
|
Oq jiblajibon (lot. Motacilla alba) — jiblajibonsimonlar oilasiga kiruvchi qush turi.
Tashqi koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oq jiblajibonning tanasi uzunligi 16-19 sm, uzun dumi bilan ajralib turadi. Tananing yuqori qismining rangi asosan kulrang, pastki qismi esa oq rangga ega. Boshi oq, tomoq va koʻkrak qismi, hamda boshining tepasi qora. Oq jiblajibonning vazni atigi 20-23 gramm.
Oziqlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oq jiblajibon hasharotlar, asosan qushlar osongina yutib yuborishi mumkin boʻlgan chivin va pashshalar kabi kichik hashoratlar bilan oziqlanadi. Bundan tashqari, qushlar buloqchilar va qoʻngʻizlarni yeyishadi. Qushlar kamdan-kam hollarda urugʻ yoki rezavor mevalarni isteʼmol qilishadi.
Koʻpayishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosan Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrikada koʻpayadi. Tarqalish hududining nisbatan issiq yerlarida tur oʻtroq turmush tarzini olib boradi. Salqin mintaqalardan qishlash uchun Afrikaga koʻchib yuradi. Baʼzan oq jiblajibon Alyaskada ham uchraydi.
Devor yoriqlari, daraxt teshiklari, tomlar va yogʻoch kovaklari kabi joylarda uya quradi. Oq jiblajibonlar, shuningdek, sunʼiy uya-joylarini egallashlari mumkin. Urgʻochilar toʻq kulrang dogʻli 5-6 ta oqish rangli tuxum qoʻyadi, odatda bir mavsum davomida ikki marta. Urgʻochisi tuxumni 12-14 kun davomida bosadi. Joʻjalar ikkala ota-ona tomonidan parvarish qilinadi. Polaponlar tuxumdan chiqqach, taqriban 15 kundan keyin parvoz qila olishadi.
Oʻrtacha umr koʻrish 10 yil, tutqunlikda 12 yilgacha umr koʻrishlari mumkin.
Muhofaza maqomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tur keng tarqalgan boʻlib, 10 million kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallaydi. Umumiy soni 130 milliondan 230 million atrofida baxolanadi. Populyatsiya qisqaryotgani yetarlicha oʻrganilmagan, ammo tur IUCN Qizil kitobi mezonlariga yaqinlashayotgan deb hisoblanmaydi (yaʼni, oʻn yil yoki uch avlod davomida 30% dan ortiq kamayish). Shu sabablarga koʻra, tur eng kam xavf ostida deb baholanadi.[1] Evropada soni barqaror.[2] Tur atrof-muhitning antropogen oʻzgarishlarga yaxshi moslashgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „IUCN redlist. Oq jiblajibon (White Wagtail)“.
- ↑ „The Birds of the Western Palearctic concise edition (2 volumes)“. Oxford : Oxford University Press. 1998. 1103–1106-bet.
- ↑ Tyler, S.. Family Motacillidae (Pipits and Wagtails) // Handbook of the Birds of the World, 2004. — 777–778-bet.