Kontent qismiga oʻtish

Oq chiyir bolalar taʼlim markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oq chiyir“ bolalar taʼlim markazi
Qirgʻizcha: «Ак-Чыйыр» балдардын билим борбору
Ruscha: Детский центр образования «Ак-Чыйыр»
„Oq chiyir“ bolalar taʼlim markazi
Joylashgan yeri
Isfana, Qirgʻiziston
Koordinatalar 39°50′46″N 69°33′45″E / 39.84612°N 69.56241°E / 39.84612; 69.56241
Maʼlumot
Maktab turi Maktab-internat
Asos solingan sanasi 2017-yil
Ochilgan sanasi 11.09.2017
Sinflar 1-9
Til Qirgʻiz

„Oq chiyir“ bolalar taʼlim markazi (qirgʻizcha: «Ак-Чыйыр» балдардын билим борбору, ruscha: Детский центр образования «Ак-Чыйыр») — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun moʻljallangan maktab-internat. Maktab qurilishini Quvayt tashkiloti moliyalashtirgan.[1] „Chiyir“ soʻzi qirgʻiz va oʻzbek tillarida „oyoq, tuyoq izi, iz, yoʻl“ maʼnolariga ega.

Maktab qurilishi 2017-yilning mayida boshlanib, oʻsha yilning sentabr oyida yakunlandi.[2] „Oq chiyir“ bolalar taʼlim markazi taxminan 315 oʻquvchiga moʻljallangan. Maktab notijoriy, nodavlat, ham bolalar, ham qizlar uchun moʻljallangan boʻlib, hech bir diniy oqimga aʼzo emas.

„Oq chiyir“ bolalar taʼlim markazida darslar qirgʻiz tilida olib boriladi. Bundan tashqari, maktab oʻquvchilari arab, ingliz va rus tillarini oʻrganishadi. Maktabda 1-dan 9-gacha sinflar bor.