Kontent qismiga oʻtish

Onjuku

Koordinatalari: 35°11′29.4″N 140°20′55.7″E / 35.191500°N 140.348806°E / 35.191500; 140.348806
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Onjuku

御宿町
Shaharcha
Skyline of Onjuku
Onjuku
Bayroq
Onjuku
Gerb
35°11′29.4″N 140°20′55.7″E / 35.191500°N 140.348806°E / 35.191500; 140.348806
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Kantō viloyati
{{{tuman_turi}}} Chiba prefekturasi
Isumi tumani, Chiba
Hukumat
Maydon 24.86 km2 (9.60 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2018-yil noyabr)
7 523
Zichligi 300 kishi/km2
Telefon kodi 0470-68-2511
Pochta indeks(lar)i 299
Onjuku xaritada
Onjuku
Onjuku
Onjuku shahar hokimiyati

Onjuku (yaponcha: 御宿町 Onjuku-machi?) Yaponiyaning Chiba prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2018-yil 30-noyabr holatiga ko‘ra, shaharchada 3683 ta xonadonda 7523 nafar aholi istiqomat qiladi[1] va aholi zichligi 1 km² ga 300 nafarni tashkil etadi. Shaharning umumiy maydoni 24,86 kvadrat kilometr (9,60 mi²) ga teng.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar nomi ikkita kanji belgisidan iborat: birinchisi „hurmatli“, ikkinchisi 宿 „turar joy“ degan maʼnoni anglatadi.

Onjuku janubiy Chiba prefekturasining sharqiy qirgʻogʻida, Boso yarim orolining tashqi qirgʻogʻining taxminan markazida joylashgan. Landshafti Boso tepaligidagi qumli tepaliklardan iborat boʻlib, shahar plyaj kurortlari bilan mashhur. Uning keng plyajlari Minami Bōsō kvazi-milliy bogʻining bir qismi sifatida himoyalangan. Shahar prefektura poytaxti Chibadan taxminan 50 kilometr va Tokio markazidan 70-80 kilometr uzoqlikda joy olgan. Onjuku ikkita funktsional portga ega boʻlgan Ajiro koʻrfaziga qaraydi: shimolda Ivavada porti va janubda Onjuku porti. Kichik daryo — Kiyomizu daryosi shahar orqali Ajiro koʻrfaziga tomon oqib oʻtadi.

Onjuku nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq hamda qishi salqin va qor yogʻmaydi. Onjukuda oʻrtacha yillik harorat 15,1 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1904 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgust oyida eng yuqori harorat 25,5 °C, eng past harorati esa yanvarda, 5,8 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Onjuku aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida asta-sekin kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
195010,277—    
19609,273−9.8%
19708,475−8.6%
19808,486+0.1%
19907,939−6.4%
20008,019+1.0%
20107,738−3.5%

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiba prefekturasi

Onjuku qadimgi Kazusa viloyatining bir qismi boʻlgan. Onjukudagi Ajiro koʻrfazining qaragʻaylari va qumlari haqida Kamakura davri maʼmuri Hojo Tokiyori (1227-1263) sheʼrida aytib oʻtilgan.

Onjuku, Muromachi davridan Edo davrigacha, maʼmuriy hududlarning murakkab aralashmasiga boʻlingan. Shaharning katta qismi syogun nomidan turli Hatamotolar tomonidan boshqariladigan Tenryo hududi edi. Shahar odatda Otaki va Ivatsuki domenlari maʼmurlari bilan bogʻlangan. Edo davrida Onjukuda oyiga olti marta belgilangan kunlarda oʻtkaziladigan taniqli „rokusai’ichi“ (六斎市) bozori rivojlangan.

Rodrigo de Viveroning qoʻnishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1609-yilda ispan galleoni, San-Fransisko, Onjuku yaqinida quruqlikka tushib qoldi. Kapitan va tirik qolgan 300 kishiga shahar ahli gʻamxoʻrlik qildi va keyinchalik dengizchilarga Meksikaga qaytish uchun Tokugava syogunati tomonidan kema berildi. Omon qolganlardan biri Filippin general-gubernatori Rodrigo de Vivero boʻlib, keyinchalik u syogun Tokugava Ieyasu bilan koʻrishishga muvaffaq boʻlgan[4]. 1928-yilda Onjukuga Rodrigoning kelib qolishi hamda Meksika, Ispaniya va Yaponiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni xotirlash uchun minora qurilgan. Oʻshandan beri u prefekturaning tarixiy yodgorligi (県指定史跡 (yaponcha: ken shitei shiseki?)) etib belgilangan va keng bogʻ majmuasi bilan oʻralgan.

Joriy boshqaruv

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onjuku qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda Meidzi davrida munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan va 1914-yil 1-aprelda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. Shahar 1955-yil 1-martda qoʻshni Fuse va Namihana qishloqlari hududlarini qoʻshib olish orqali kengaytirildi.

Onjuku toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 12 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash bboshqaruv shakliga ega. Onjuku, Isumi shahri bilan birgalikda Chiba prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan hissa qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Chiba 11-okrugi tarkibiga kiradi.

Onjuku iqtisodiyotida yozgi turizm va tijorat baliq ovlashi ustunlik qiladi; qishloq xoʻjaligi yaqin atrofdagi munitsipalitetlarga nisbatan iqtisodiyotda nisbatan kichik rol oʻynaydi. Tijoriy qirgʻoq va dengizda baliq ovlash kabilari faol holat boʻlib, kalmar va bonito eng muhim ov mahsulotlari hisoblanadi. Ama yoki anʼanaviy gʻavvos ayollar anʼanaviy yapon parhezining muhim qismlari boʻlgan abalone, salla qobigʻi (sazae) va tikanli omarni yigʻish bilan shugʻullanadi.

Onjukuning qumli plyajlari Sotoboso qirgʻogʻining suzish joylari boʻlib, yoz oylarida koʻplab sayyohlarni oʻziga jalb qiladi. Shaharda turizm Meidzi davrida boshlangan va turizm sanoatining rivojlanishi hozirda ham davom etmoqda. Bu hududda koʻplab mehmon uylari, ryokan (anʼanaviy yapon mehmonxonalari) va mehmonxonalar rivojlangan.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onjukuda bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda bitta xususiy boshlangʻich maktab va bitta xususiy yuqori maktab ham mavjud.

Infratuzilma va yaxshi surfing sharoitlari boʻlgan qumli plyaj tufayli, hududda har yili Yaponiyaning hayotni qutqarish assotsiatsiyasining milliy surfing karnavali oʻtkaziladi, unda butun mamlakat boʻylab qutqaruvchilar yigʻiladi. 2013-yilda butun dunyo boʻylab Xalqaro Surf Rescue Challenge ayni shu yerda oʻtkazilgan.

Transport tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

JR Sharq — Sotobo liniyasi

  • Onjuku

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Milliy yoʻnalish 128

Qardosh shahar munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chiba prefekturasiga qarashli milliy yoʻnalishlar
Onjuku plyaji
  1. „Onjuku town official statistics“ (ja).
  2. „Onjuku climate: Average Temperature, weather by month, Onjuku water temperature - Climate-Data.org“. en.climate-data.org.
  3. „Chiba (Japan): Prefecture, Cities, Towns and Villages - Population Statistics, Charts and Map“. www.citypopulation.de.
  4. „Japan-Mexico Relations (Basic Data)“ (en). Ministry of Foreign Affairs of Japan. 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  5. 5,0 5,1 „International Exchange“ (en). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.