Oltintogʻ
Qiyofa
Oltintogʻ — Markaziy Qizilqumdagi qoldiq togʻlar. Boʻkantovning janubda joylashgan. Janubi-gʻarbda Aytimtov bilan tutashgan. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa 10 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 322 m. Paleozoyning granit, gra-nodiorit, slanets, alevrolit, kvarsit, marmarlashgan ohaktosh, qumtosh, etaklari esa boʻr va paleogen va toʻrtlamchi davrning qumoq va qum jinslaridan tuzilgan. Shimoli-gʻarbiy yon bagʻri tik-rok va chuqur soylar bilan oʻyilgan. Shimoliy-gʻarbida Avliyosoy, janubi-sharqida Meshtepasoy va Marasoy kabi quruq oʻzanlar bor. Nurash jarayonlari kuchli.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |