Kontent qismiga oʻtish

Olimat ul-Banot

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Olimat ul-Banot
Tavalludi
Olimat ul-Banot binti Lutfulloh Sulaymoniy

Olimat ul-Banot (taxallusi; asl ismi sharifi Olimat ul-Banot binti Lutfulloh Sulaymoniy; XIX asrda yashagan[1]) – tatar maʼrifatparvar olimasi. U ayollar taʼlimi va tarbiyasiga bagʻishlangan asarlari bilan tanilgan. Uning „Targʻib ul-banot fiy taʼlim il-adabiyot“ (Adabiyot taʼlimi borasida ayollarga targʻibot) nomli asari 1897-yilda, „Muosharat odobi“ (Hayot odoblari yoki turmush odobi[2]) kitobi esa 1898-yilda Petrogradda nashr etilgan. Bundan tashqari, uning „Qizlar tarbiyasi“, „Oila darslari“ va „Irshod yoki koʻzgu“ kabi asarlari ham mavjud boʻlib, ular tatar xalqining maʼrifat va maʼnaviyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Olimaning ijodi ayollarning oʻqish, tarbiya va jamiyatdagi oʻrnini yuksaltirishga qaratilgan[3].

  • „Irshod yoki koʻzgu“;
  • „Muosharat odobi“[4] (tojikcha: „Одоби муошират“);
  • „Oila darslari“;
  • „Qizlar tarbiyasi“;
  • „Targʻib ul-banot fiy taʼlim il-adabiyot“ (Adabiyot taʼlimi borasida ayollarga targʻibot).
  1. „Уй тутиш одоби“. Oyina.uz (2023-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 5-yanvar.
  2. Шер Абдулла. АХЛОҚШУНОСЛИК, Toshkent, 2010. 
  3. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 243.
  4. ул-Банот Олимат. Муошарат одоби. Toshkent: „Mehnat“ nashriyoti, 1991 — 34-bet. ISBN 5-8244-0756-8.