Kontent qismiga oʻtish

Oleg Sinelobov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Оleg Sinelobov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oleg Viktorovich Sinelobov
Tavallud sanasi 5-oktyabr 1962-yil (1962-10-05) (62 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Sovet IttifoqiSSSR,
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
RossiyaRossiya
Boʻyi 177 sm
Ampluasi yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet IttifoqiSohibkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1980—1982
1983—1984
1985
1985—1989
1990
1991
1991
1992
1992
1992
1993
1994—2003
Sovet IttifoqiSohibkor
Sovet IttifoqiZvezda (Jizzax)
Sovet IttifoqiSohibkor
Sovet IttifoqiPaxtakor
Sovet IttifoqiSoʻgʻdiyona
Sovet IttifoqiNavbahor
Sovet IttifoqiPaxtakor
OʻzbekistonNurafshon (Buxoro)
OʻzbekistonPaxtakor
OʻzbekistonZarafshon
MalayziyaPerliz
RossiyaNosta
(? (?)
62 (13)
7 (3)
145 (25)
28 (15)
20 (3)
7 (2)
14 (7)
14 (8)
? (?)
? (?)
220 (57))
Milliy terma jamoa
1992 OʻzbekistonOʻzbekiston (5 (0))
Boshqargan klublari
2004
2008
2010—2015
RossiyaNosta
RossiyaNosta-2
RossiyaNosta
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oleg Viktorovich Sinelobov (5.10.1962; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet, oʻzbek va rus futbolchisi; murabbiy.

Futbolchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional faoliyatini 1980-yilda Xalqobodning "Sohibkor" klubi tarkibida boshlagan. 1983-yil boshida Jizzaxning „Zvezda“ jamoasiga oʻtadi va 1984-yilning oxirigacha shu klubda oʻynaydi. Bu vaqt ichida „Zvezda“ tarkibida 62 ta oʻyinda maydonga tushib, 13ta gol urgan. 1985-yilning birinchi yarmini „Sohibkor“ safida oʻtkazgan. 1985-yilning ikkinchi yarmida Oleg Sinelobov Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga oʻtib, 1989-yilning oxirigacha „Toshkent paxtakorlari“ safida toʻp surgan. Mazkur vaqt oraligʻida „Paxtakor“ safida 145 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urishga erishgan.

1990 va 1991-yilgi mavsumlarda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“, Namanganning „Navbahor“ va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalari tarkibida oʻynagan. 1992-yilgi mavsumda Buxoroning „Nurafshon“ jamoasida, Toshkentning „Paxtakor“ va Navoiyning „Zarafshon“ klublarida ijarada oʻynagan. 1993-yilda bir muddat Malayziyaning „Perliz“ jamoasi safida toʻp surgan.

1994-yil boshida Novotroitskning „Metallurg“ klubiga oʻtadi va bu klub 1995-yilda nomini „Nosta“ga oʻzgartiradi. Oleg Sinelobov 2003-yilgacha „Nosta“ safida oʻynagan va shu vaqt ichida 220 ta oʻyinda maydonga tushib, 57 ta gol urgan.

Jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi safida beshta oʻyin oʻtkazgan[1].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sinelobov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullana boshlagan. 2004-yilda Novotroitskning „Nosta“ klubida murabbiy boʻlib ishlagan. 2008-yilda „Nosta-2“ farm klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2010-yildan 2015-yil fevraligacha „Nosta“ bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.[2][3][4] 2012-yil 29-martda „Sharqiy Orenburg“ DFL prezidenti etib saylangan.[5][6]