Okeaniyada Islom
Okeaniyada Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar, hozirgi hisob-kitoblarga koʻra, jami 620 156 kishini tashkil qiladi: Avstraliyada 476 600, Yangi Zelandiyada 48 151, Fijida 52 520, Yangi Kaledoniyada 6 352, Papua Yangi Gvineyada 2200, Solomon orollarida 360, Vanatu 221, Tongada 110 kishi[1].
Tinch okeani jurnalida 2007-yilda chop etilgan „Yashil oy koʻtarilishi“ sarlavhali maqolaga koʻra, Vanuatu, Fiji, Solomon orollari, Papua-Yangi Gvineya va Yangi Kaledoniya xalqlari orasida Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar sezilarli darajada oshgan. Melaneziyada islomni qabul qilgan minglab tub aholi bor edi[2].
Palauda 400 ga yaqin musulmonlar ham bor[3].
Mamlakatlar boʻyicha islom |
---|
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]16-asrda Indoneziyadagi musulmonlar yashaydigan hududlar bilan aloqalar Okeaniyaga musulmonar kelganligi aytiladi[4]. Yangi Gvineya xalqi Xitoy va Malay imperiyasi bilan savdo qilganda, 17-asr boshlarida Okeaniyada birinchi marta islom dinining mavjudligi sezildi[5].
Gʻarbiy Yangi Gvineya kabi hududlarda musulmon aholi yashaydi. Musulmon savdogarlari gʻarbiy papualiklar bilan kamida 15-asrdan beri savdo-sotiqni olib borishgan boʻlsa-da, islom mintaqaga birinchi marta 17-asrda Molukklar taʼsiri bilan kelgan[6].
Okeaniyaning boshqa qismlaridagilar 19-asrgacha Islom borligini bilishmagan. Fijidagi birinchi musulmonlar 1879-yilda kemada kelgan.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kokos (Kiling) orollari : 65,6% musulmonlar (2021)[7].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Okeaniyadagi masjidlar roʻyxati
- Tinch okeanidagi jazoirliklar
- Afgʻon (Avstraliya)
- Maori musulmonlari
- Islom kuni (Gavayi)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muslim Population
- ↑ „Pacific: The spread of Islam in Melanesia“. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-mart.
- ↑ Lawyers: Uighurs agree to go to Palau
- ↑ Kettani, Houssain. The World Muslim Population: Spatial and Temporal Analyses (en). CRC Press, 2019. ISBN 978-0-429-74925-4.
- ↑ BBC NEWS | Asia-Pacific | Country profiles | Timeline: Papua New Guinea
- ↑ Slama, Martin (2015), „Papua as an Islamic Frontier: Preaching in 'the Jungleʼ and the Multiplicity of Spatio-Temporal Hierarchisations“, From 'Stone-Ageʼ to 'Real-Timeʼ: Exploring Papuan Temporalities, Mobilities and Religiosities, ANU Press, pp. 243-270, ISBN 978-1-925022-43-8
- ↑ „2021 Census QuickStats: Cocos (Keeling) Islands“. quickstats.censusdata.abs.gov.au.