Kontent qismiga oʻtish

Odam Atoning yaratilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Odam Atoning yaratilishi
Michelangelo Buonarroti, 1511-yil
freska
230,1 × 480,1 sm
Sistin Ibodatxonasi


"Odam Atoning yaratilishi" (italyancha: La creazione di Adamo) — Michelangelo tomonidan 1511-yilda chizilgan freska.

Rasmning tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Freska Ibtido kitobining 9 ta syujetiga bagʻishlab Sistin kapellasining shiftiga chizilgan kartinalarning 4-si hisoblanadi.

Tafsilot

Odam Atoning yaratilishi freskasi Sistin ibodatxonasining eng ajoyib kompozitsiyalaridan biri hisoblanadi. Cheksiz kosmosda oq kiyimli qariya inson qiyofasida Ota Xudo qanotsiz farishtalar bilan oʻralgan holatda uchadi. Xudoning qoʻli Odam Atoning qoʻli tomon choʻzilgan va deyarli tegadi. Odam Atoning jasadi yashil qoya ustida yotgan holatda asta-sekin harakatlana boshlagandek, xuddi hayotga uygʻonayotgandek taasurot qoldiradi. Butun kompozitsiya ikki qoʻlning imo-ishorasiga qaratilgan. Xudoning qoʻli turtki beradi va Odam Atoning qoʻli butun tanaga hayot energiyasini beradi. Ularning qoʻllari tegmasligi orqali Mikelanjelo ilohiyot va insonni bogʻlashning iloji yoʻqligini taʼkidladi. Xudo suratida, rassomning fikriga koʻra, mo‘jizaviy tamoyil emas, balki ulkan ijodiy energiya ustunlik qiladi. Odam Ato timsolida Mikelanjelo inson tanasining kuchi va goʻzalligini koʻrsatdi. Darhaqiqat, insonning yaratilishining oʻzi emas, balki u ruhni qabul qilgan paytda, ilohiyni izlash, bilimga tashnalik paydo boʻladi.

Va Xudo insonni oʻz suratida yaratdi. Ibtido 1:27

Odam Atoning yaratilishi kompozitsiyasi haqida juda koʻplab farazlar ilgari surilgan.

Mikelanjelo inson anatomiyasini juda yaxshi maʼlumotga ega edi. Amerikalik shifokor Frenk Meshberger (ingl. Frank Meshberger, Anderson, Indiana) 1990-yilda Amerika Tibbiyot Assotsiatsiyasi jurnaliga koʻra, Odam Atoning yaratilishi freskasida inson miyasining anatomik jihatdan aniq tuzilishini kodlaganligini aniqladi [1].

Ayol bachadoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir tomondan Xudo atrofidagi qizil mato ayol bachadoniga oʻxshashligi (bir sanʼatshunos uni „bachadon mantiyasi“ deb atagan) va osilib turgan yashil mato yaqinda kesilgan kindik boʻlishi mumkinligi kuzatilgan. Rasmdagi kindik Odam Atoning kindigini bildiradi. Bu esa oʻziga xos tushunmovchiliklar keltirib chiqaradi. Chunki Odam Ato onadan tugʻilmagan.

Qoʻshimcha qovurgʻa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliyalik tadqiqotchi doktor Devis De Kampos „Klinik anatomiya“ jurnalida Odam Ato tanasining chap tomonida yashirin qovurgʻa borligini taʼkidlaydi. Michelangelo Odam anatomiyasini yaxshi bilishini hisobga olganda bu qovurgʻa qasddan qilingani va bu Momo Havo yaratiladigan qovurgʻa ekanligi maʼlum boʻladi.

  1. Rachel Becker. „Does the Michelangelo painting in the Westworld finale really show a brain — or is it a uterus?“ (en). The Verge (2016-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 15-dekabr.
  • Day, Fergus va Uilyams, Devid (ed.) (1998). Sanʼat: Jahon tarixi
  • Meshberger, Frank Lin. „Mikelanjeloning Neyroanatomiyaga asoslangan Odam Atosini yaratish talqini“, JAMA. 1990 yil 10 oktyabr; 264(14):1837-41.
  • Stokes, Adrian (1955). Mikelanjelo: Sanʼat tabiatini oʻrganish
  • Izohdagi xatlar: JAMA. 1991 yil 6 mart; 265(9):1111.