Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Qisqartma | AOKA |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 2-fevral 2019-yil |
Joylashuvi | Toshkent, Oʻzbekiston |
Direktori | Asadjon Xodjayev |
Direktorning birinchi oʻrinbosari | Dilshod Saidjanov |
Direktor oʻrinbosari | Ulugʻbek Aʼzamov |
Direktor oʻrinbosari | Gʻayrat Bozorov |
Vebsayti | aoka.uz |
Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA), toʻliq nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi — Oʻzbekistonda axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vakolatli organ. AOKA Oʻzbekistonda davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa hamda boshqa tashkilotlar axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda matbuot kotiblarini attestatsiyadan oʻtkazadi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]AOKA prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 2-fevraldagi „Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi farmonga muvofiq Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi negizida tashkil etilgan. 2019-yil 4-fevraldan 2020-yil 29-yanvarga qadar Komil Allamjonov AOKA direktori vazifasini bajargan. 2020-yilning iyulidan beri agentlikka Asadjon Xodjayev rahbarlik qilib keladi[2].
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]AOKA tizimiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
- Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi davlat unitar korxonasi
- Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi
- Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz
- „Oʻzbekiston nashriyoti“ davlat unitar korxonasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“. Lex. Qaraldi: 15-iyun 2022-yil.
- ↑ „Asadjon Xodjayev AOKA direktori etib tayinlandi“. Xalq soʻzi (29-iyul 2020-yil). 2022-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2022-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayt (Wayback Machine saytida 2019-07-04 sanasida arxivlangan)
- Telegram kanali
- Facebook sahifasi
- YouTube kanali
- Instagram sahifasi
- AOKAni tuzish toʻgʻrisidagi prezident qarori