Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi
Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlovchi muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 15-avgustdagi „Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 414—49-sonli qaroriga muvofiq, 1995-yil 2-sentabrda tashkil etildi. Akademiya oliy qoʻmondonlik tarkibiga, tezkortaktik ixtisosga ega oliy malakali harbiy, ilmiypedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlashga, tadqiqotlar oʻtkazishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun katta va oliy ofitserlarni tezkorstrategik tayyorlash, katta va oliy ofitserlarning kasbiy tayyorgarlik malakasini oshirish uchun harbiy fan muammolarini oʻrganishda fundamental, qidiruv va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, harbiy siyosat, qurolli kuchlar qurilishi va tayyorgarligi boʻyicha amaliy masalalarni tadqiq etishga moʻljallangan. Akademiyada tinglovchilar 2 yil davomida saboq olishadi.
Rektorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vladimir Mahmudov (taxminan 1995)[1]
- Qodir Gʻulomov (1999-2000)[2]
- Qobul Berdiyev (4-sentabr 2017-yil — 1-may 2018-yil)[3]
- Shavkat Mamajonov (23-mart 2021-yil — 21-yanvar 2022-yil)
- Bobur Shoyoqubov (21-yanvar 2022-yildan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Махмудов Владимир Насырович | Центр военно-политических исследований“.
- ↑ „Кардинальная военная реформа в Узбекистане“.
- ↑ Узбекистана, Repost uz-срочные новости „Экс-министр обороны Узбекистана Кабул Бердиев получил новую должность“ (ru). repost.uz. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |