Oʻtkir Rahmat
Oʻtkir Rahmat | |
---|---|
Fayl:Xpi 9364.jpg | |
Asl ismi | Oʻtkir Rahmatov |
Tavalludi | 15-mart 1948-yil |
Taxallusi | Oʻtkir Rahmat |
Kasbi | „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Yoʻnalish | Sheʼriyat |
Janr | Nazm |
Shoh asari | „Irmoq“, „Sogʻinch“, „Jilgʻa“, „Rayhon hidi“, „Shukrona“ |
Mukofotlari |
Oʻtkir Rahmat (1948-yil 15-martda tugʻilgan) oʻzbek shoiri va jurnalistidir. „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtkir Rahmat 1948-yil 15-martda Samarqand viloyati Toyloq tumanining Uzun qishlogʻida tugʻilgan. Samarqand davlat universiteti va Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. U oʻz mehnat faoliyatini matbuot nashrlarida boshlab, soʻngra koʻp yillar nufuzli idoralarda xizmat qildi. 1998-yilda „Shuhrat“ medaliga va 2005-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoniga sazovor boʻlgan. Xalqaro Choʻlpon mukofotining sohibi. Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi. Ayni paytda „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri[1].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtkir Rahmatning birinchi sheʼri 1966-yillarda chop etiladi. Shoirning „Irmoq“ (1988), „Sogʻinch“ (1991), „Rayhon hidi“ (1993), „Shukrona“ (1995), „Oy yogʻdusi“ (1996), „Koʻzim qorachugʻi“ (1998), „Xayol ifori“ (2008), „Yurakdagi qush“ (2009), „Xoksor maysa“ (2010), „Dilchiroq“ (saylanma kitobining birinchi jildi) kabi oʻndan ziyod sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan.
Oʻtkir Rahmat sheʼrlari samimiyligiga, goʻzal tashbehlar va istioralar aks etgan misralari bilan oʻquvchini maftun etadi.
Ayniqsa, tabiatning tabiiy boʻyoqlari soʻzlarga koʻchib oʻtish jarayonida nafis rang-baranglik hosil qilishi — shoir ijodining oʻziga xos jihati sifatida eʼtiborni tortadi.[2][3][4]
Nashr etilgan asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nashr etilgan asarlari | ||||
---|---|---|---|---|
Asar nomi | Nashr shahri | Yil | Nashriyot | |
Irmoq | Toshkent | 1988 | nomaʼlum | |
Sogʻinch | Toshkent | 1991 | nomaʼlum | |
Rayhon hidi | Toshkent | 1993 | nomaʼlum | |
Shukrona | Toshkent | 1995 | Choʻlpon nashriyoti | |
Oy yogʻdusi | Toshkent | 1998 | Yozuvchi nashriyoti | |
Koʻzim qorachugʻi | Toshkent | 1998 | nomaʼlum | |
Xayol ifori | Toshkent | 2008 | nomaʼlum | |
Yurakdagi qush | Toshkent | 2009 | nomaʼlum | |
Xokisor maysa | Toshkent | 2010 | mavjud emas | |
Dilchiroq | nomaʼlum | nomaʼlum | nomaʼlum |
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻtkir Rahmat (Wayback Machine saytida 2020-10-27 sanasida arxivlangan) Saviya saytida
- Oʻtkir Rahmat, "Xalq soʻzi" va "Narodnoye slovo" gazetalarining bosh muharriri
- "Oʻzbekiston taraqqiyotida yangi bosqich. Bir yillik faoliyatga nazar" (14-dekabr 2017-yil) Kun.uz
- Oʻtkir Rahmat Kitobxon saytida