Kontent qismiga oʻtish

Oʻrxun-Enasoy obidalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻrxun-Enasoy obidalari V-VII asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda XV asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida (Fargʻona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan.

Yirik Oʻrxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, Toʻnyuquq va boshqa bu yozuvdagi yodnomalar (mas. Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan yaqin keladi. Kultigin bitiktoshi 732 yil Turk xoqonligi (551—745)ning lashkarboshisi sharafiga oʻrnatilgan.

Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulugʻ bitikdan iborat. Vatan manfaati yoʻlida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta boʻlishi uchun kurash bitikoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi. Asarda Tabgʻach, Tibet, Sugʻd, Turgash, Qirgʻiz kabi joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi.

Bitiktoshlar XIX asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomonidan oʻqilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Baʼzi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSh, Polsha, Vengriya, Finlandiya va Turkiyada ham oʻrganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari maʼlum. Oʻzbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot ishlarini chop qildirgan.

Nashr qilingan manbalar:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng eski turk adabiyoti namunalari (Tuzuvchi prof. Fitrat). – T.: 1927;
Yeniseyskaya pismennost tyurkov. -M,L.: 1952;
Qadimgi hikmatlar. – T.: 1987.

Ilmiy adabiyot:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malov S. E. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti. -M.: 1951;
I. V. Stebleva. Poeziya tyurkov U1-U111 vv. —M.:1964;
I. V. Stebleva. Poetika drevnetyurkskoy literaturi i ee transformatsiya v ranneklassicheskiy period. – M.: 1976;
A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. – T.: 1971.
N.Rahmonov. Inson ruhining sadosi. – T.: 1986;
N.Rahmonov. Koʻhna bitigtoshlar. – T.: 1990:
N.Rahmonov. Turk xoqonligi. – T.: 1993.

Oʻrxun-Enasoy Bengütaşları (Wayback Machine saytida 2012-12-21 sanasida arxivlangan)