Oʻnarcha
Oʻnarcha — Qirgʻiziston Respublikasi Norin viloyatidagi daryo, Norin daryosining oʻng irmogʻi. Noringa Norin shahri dan 16 km quyiroqda quyiladi. Uzunligi 75 km, havzasining maydoni 1570 km². Kapkatos tizmasining yon bagʻridan shim.roqda, Qumbel dovonidan 1 km sharqda, 3600 m balandlikda boshlanadi. Yuqori oqimida (Koʻktoʻrpoq chap irmogʻi quyilgungacha) Sultonsari nomi bilan yuritiladi. Asosiy irmoqlari yuqori oqimida: Archalu, Ichkebash, Chunqursu, Ottuk (oʻngdan). Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi boshlanishidan 18 km quyida (Oʻnarcha qishlogʻi yonida) 9,9 m³/sek. Toʻlinsuv davri mart — avgust da. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 15,2 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda) 4,78 m’/sek.gacha (kam suvliyilda) oʻzgaradi. Dekabr—fevral oylarida daryoda muz oqadi. Suvi yaxshi ichimlik sifatiga ega.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |