Kontent qismiga oʻtish

Nurislom Toʻxliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nurislom Toʻxliyev
Tavalludi 5-iyun 1947-yil (1947-06-05) (77 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Dini islom
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi

Nurislom Toʻxliyev (6-may 1947-yil) — „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ (1997), „Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi“ (Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi) (2001), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy akademigi[1][2].

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻxliyev 1947-yil 6-mayda Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1965-yili oʻrta maktabni namunali tamomlab, Samarqand davlat universitetiga talabalikka qabul qilingan.

1965-yili oʻrta maktabni tamomlab, oliy taʼlimni olish uchun Samarqand davlat universitetining Tarix fakultetiga oʻqishga kirgan. 1970—1973-yillarda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) Davlat universitetining Iqtisod fakulteti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasining kunduzgi taʼlim aspiranturasida oʻqigan. 1973-yilda aspiranturaning „siyosiy iqtisod“ ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Mehnat faoliyatini 1969-yili Samarqand davlat pedagogika instituti „siyosiy iqtisod“ (hozirgi „Iqtisodiyot nazariyasi“) fani oʻqituvchisi sifatida boshlagan. Nomzodlik dessertatsiyasini himoya qilgandan soʻng, Samarqand Davlat pedagogika institutida qaytib oʻqituvchilik faoliyatini davom ettirgan. Shu bilan birga quyidagi:

  • 1974-yildan Samarqand viloyati partiya komiteti propaganda va agitatsiya boʻlimi lektori, lektorlar guruhi rahbari, boʻlim mudiri oʻrinbosari;
  • 1979-yil Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti propaganda va agitatsiya boʻlimi instruktori;
  • 1984—1989-yillarda Oʻzkompartiya Markaziy Komiteti fan va oʻquv yurtlari boʻlimi mudiri oʻrinbosari va mudiri;
  • 1986-yilda Oʻzbekiston Oliy Soveti deputati, Oʻzkompartiya Markaziy Komiteti aʼzoligiga nomzod;
  • 1989—2009-yillar oʻrindoshlik asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida kafedra mudiri, professor;
  • 1989—2014-yillar „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti direktori-bosh muharriri lavozimida;
  • hozirgi vaqtda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi „Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi“ kafedrasi professori, „Islom ensiklopediyasi“ boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
  • „Qalbimaga yaqin odamlar“ esselar toʻplami,
  • „Onamning mehribon tovushi“ — Ona haqida yozilgan esse;
  • „Umr lahzasi“;
  • „Ustoz“;
  • „Ustozlar yodi“.

Iqtisodiy-ijtimoiy nashrlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ekonomika Uzbekistana (Ekonomika Uzbekistana: Vopr. i otveti)[3];
  • „Osiyo va bozor“ (1992);
  • „Bozorga oʻtishning mashaqqatli yoʻli“ (1999);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi“ (oʻzbek, rus, ingliz tillarida) ensiklopedik maʼlumotnoma (2001)[4];
  • „Oʻzbekiston Respublikasi“ (oʻzbek, rus, ingliz tillarida) ensiklopedik maʼlumotnoma (2007)[5];
  • „Moya strana“ (Moya strana) (2012)[6];
  • „Oʻzbek modeli: taraqqiyot tamoyillari“ (2014);
  • „Osiyo taraqqiyot modeli“ (2015);
  • „Oʻzbekiston iqtisodiyoti“ (2018);
  • „Oʻzbekiston iqtisodiyoti anatomiyasi“ (2019),
  • „Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya: rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlari“ (2020);
  • „Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida yangi trendlar“ (2021).

Ilmiy-taʼlimiy

[tahrir | manbasini tahrirlash]

40 dan ortiq monografiya, oʻquv qoʻllanma va darsliklar shuningdek, iqtisodiyot va turizm boʻyicha 13 ta darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Respublikaning turli gazeta va jurnallarida 200 dan ortiq ilmiy, ilmiy-publitsistik maqolalari chop etilgan[7][8].

  1. 1983-yili „siyosiy-iqtisod“ ixtisosligi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan;
  2. 1993-yilda „Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti“ ixtisosligi boʻyicha professor unvoni;
  3. 1997-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvoni;
  4. 2001-yili „Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi“;
  5. 3 nafar fan doktori va 20 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilgan.
  1. Ilmiy ishlari[sayt ishlamaydi]
  2. Informatsionniy portal Uzbekistana „UZINFORM“
  3. Surayyo Mansurova va Nurislom TOʻXLIYEV: Hayot va Xayol yoʻllarida
  4. ziyouz.com, Nurislom Tuxliyev