Nuriddin Ismoilov
Qiyofa
Nuriddin Ismoilov | |
---|---|
Tavalludi | 20-yanvar 1969-yil |
Yoʻnalish | Nasr |
Janr | Detektiv roman va hikoyalar |
Nuriddin Ismoilov — Taniqli oʻzbek detektiv yozuvchisi va jamoat arbobi.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1969-yili 20-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi Avliyotepa qishlogʻida tugʻilgan.
- 1991-1997 yillarda Toshkent universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
- 1997-2000 yillarda Hurriyat gazetasida muxbir, mas’ul kotib.
- 1998-1999 yillarda “PressTIJ" qoshidagi "Biznes-Osiyo" jurnalida muxbirlik qilgan.
- 2000-2001 yillarda "Mohiyat" gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
- 2001 yilda “Hordiq plyus” gazetasiga asos soldi.[1]
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Odamlar orasidagi odamlar” deb nomlangan hikoyalar toʻplami, “Oʻlimga mahkum qilinganlar”, “Milliarderga qoʻyilgan tuzoq”, “Burgut togʻda ulgʻayadi” (1-, 2-kitoblar), “Jaholat qurbonlari”, “Omonat gʻor siri”, “Iblis saltanati” (1-, 2-, 3-kitoblar), “Baxtning olis manzili”, “Mafiya sardori” (1-, 2-, 3-kitoblar), “Shahzoda” nomli sarguzasht-detektiv romanlari kitob holida chop etilgan.[2]
Nashr etilgan asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Oʻlimga mahkum qilinganlar”, “Milliarderga qoʻyilgan tuzoq”, “Burgut togʻda ulgʻayadi” (1-, 2-kitoblar), “Jaholat qurbonlari”, “Omonat gʻor siri”, “Iblis saltanati” (1-, 2-, 3-kitoblar), “Baxtning olis manzili”, “Mafiya sardori” (1-, 2-, 3-kitoblar), “Shahzoda”[3]