Nura
Qiyofa
Nura | |
---|---|
qozoqcha: Нұра [Nura] | |
Tavsif | |
Uzunligi | 978 |
Joylashuvi | |
Davlat | Qozogʻiston |
Nura |
Nura, (qozoqcha: Нұра [Nura]) – Keregetas, Qarashoʻqi, Baygʻoʻja Qozogʻiston Respublikasining Qaragʻanda va Okmoʻla viloyatlaridagi dare. Qarqarali togʻlari etagidan boshlanadi va shimoli-gʻarbga oqib borib Tengiz koʻliga quyiladi. Uz. 978 km, havzasining maydoni 60,8 ming km². Toʻlib oqqan davrlarda Nuraning anchagina suvi Muxor tarmogʻi orqali Ishim daryosiga quyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyilish joyidan 369 km da 19,5 m’/sek. Asosan, qor suvlaridan toʻyinadi. Bir oycha (asosan, aprel oyida) toʻlibtoshib, qolgan vaqtlarda esa jildirab oqadi. noyabr da muzlab aprelda muzdan boʻshaydi. Nura Qaragʻanda va Temirtovni suv bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Nurada suv omborlari qurilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |