Nur kasalligi
Nur kasalligi - ionlovchi nurlarning organizmga taʼsir etishida yuzaga keladigan kasallik (k,. Ionlanish). Nur kasalligi butun gavda yoki uning kattagina qismi tashqaridan nurlanganda, shuningdek, organizmga nafas, meʼda — ichak yoʻli va teri orqali radioaktiv moddalar kirishi natijasida u ichka-ridan nurlanganda, aksariyat nurlanish normal miqdordan ortganda roʻy beradi. Ionlovchi nurlarning qisqa vaqt (bir necha minut, soat) taʼsir etishi natijasida paydo boʻladigan oʻtkir va kamroq dozadagi nur uzok, vaqt (bir necha oy va yillar) taʼsir etganda yuzaga keladigan surunkali Nur kasalligi farqqilinadi. Bunda, asosan, qon yaratuvchi aʼzolar, nerv sistemasi, meʼda-ichak yoʻli va boshqa aʼzolar zararlanadi. Ionlovchi nurlar ishlatilganda maxsus himoya materiallar va kimyoviy preparatlar qoʻllangani uchun nur kasalligi, asosan, yadro quroli portlaganda yoki yadro reaktori va radioizotop apparatlar avariyasi natijasida vujudga keladi. Organizmning shikastlanish darajasi (yengil, oʻrtacha, ogʻir va juda ogʻir), asosan, nur dozasiga, shuningdek, organizmning nurni individual sezuvchan-ligiga bogʻliq. Nur kasalligining oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Qisqa vaqt ichida katta dozada nur taʼsir etganda, Mas, atom va termoyadro qurollari portlaganda oʻtkir Nur kasalligi kuzatiladi. Odatda, kamroq dozadagi nur uzoq taʼsir etganda oʻrtacha oʻtkir va surunkali Nur kasalligi roʻy beradi. Kasallikning bir shakllari organizmga radiatsiya taʼsir etgach, oylar va yillar oʻtgandan keyin paydo boʻlishi bilan oʻtkir Nur kasalligidan farq qiladi.[1]
Etiologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nur kasalligi atom va vodorod bombasi portlagandan hosil bo’luvchi mexanik, issiqlik va ionlovchi nurlanish ta'sirida yuzaga keladi. Shuningdek bu kasallik yadro reaktorlari portlab ketganda, davolash maqsadida organizm nurlatilganda ham ko’zatilishi mumkin. Atom bombasi portlaganda portlash to’lqini, issiqlik va ionlovchi nurlanish hosil bo’ladi. Bombaning qanchalik quvvatli ekanligiga qarab, ta'sir maydoni ham shunchalik katta bo’ladi. Bir kilotonnadan bir megatonnagacha quvvatli bombalarning ta'sir maydoni farqi portlash to’lqini ko’lami hisobida 8 dan 33 kilometrgacha, issiqlik ta'siri 6 dan 30 kilometrgacha masofani va ionlovchi nurlar ta'sir ko’lami 3 dan 6 kilometrni tashkil etadi. Bomba portlaganda hosil bo’luvchi ionlovchi nurlar tashqaridan gamma nurlar va neytronlar oqimi ko’rinishida ta'sir etadi. Shuni unutmaslik kerakki, o’rta va yirik atom bombalar portlaganda ko’proq aralash ta'sir nurlar, issiqlik va portlash to’lqini ta'siridagi aralash jarohatlar olish ko’zatiladi. O’tkir nurlanish bilan bir qatorda kuyish va yarador bo’lish kuzatiladi. Kichikroq bombalar portlaganda esa asosan nur kasalligining har xil ko’rinishlari asosiy o’rin egallaydi.
O’tkir va surunkali nur kasalligi atom bombasi portlagan paytda ham, bomba portlashidan hosil bo’lgan nurlovchi bulut ta'sirida ham yo’zaga kelishi mumkin. Atom reaktorlari portlashi natijasidagi nurlanish paytida tana va a'zolarga manba yaqinligi, tananinq ayrim joylari shu atrofdagi narsalar bilan tasodifan himoyalanib qolishi tufayli, nur tanaga bir tekis ta'sir etmaydi. Nur kasalligi oqirligi va kechishiga o’ura o’tkir va surunkali bo’ladi.
O'tkir nur kasalligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]O’tkir nur kasalligi hozirgi paytda nur kasalligi o’z kechishiga ko’ra, yengil, o’rta, og’ir va juda og’ir ko’rinishlarda o’tadi. 1 greydan 2 gacha bir tekis nur olgan tanada kasallik yengil o’tadi. 2 dan 4 gacha urta, 4 dan 6 greygacha og’ir va 6 greydan oshganda juda og’ir nurlanish holatlari ko’zatiladi. Bir grey dan 10 greygacha nurlanish olgan tanada asosan suyak iligi zararlanishi bilan bog’liq o’zgarishlar ruy berib, o’tkir nur kasalligining bu ko’rinishi suyak iligi nomini olgan. 20 greygacha nurlanish olgan hollarda qon ishlab chiqaruvchi a'zolardan tashqari, ichak epiteliysi zarar kuradi. Ichakdagi o’zgarishlar shu qadar tez kechadiki, bemor qon ishlab chiqaruvchi a'zolardagi jarayon izdan chiqmay turib ham nobud bo’lishi mumkin. 20 greydan ko’proq nurlanish oqibatida o’tkir nur kasalligi toksik va serebral ko’rinishlarda kechib, bunda bir kechakundo’z, hatto bir necha soat ichida bemor o’lishi mumkin. Harbiy terapevtlar uchun suyak iligidagi o’zgarishlar bilan kechuvchi nur kasalligini o’rganish ahamiyatlidir. Bu kasallikning o’ziga xos tomonlaridan biri, uning davriy kechishidir. Bunda 4 davr ko’zatiladi:
- 1) boshlang’ich yoki organizmning nurlanishga dastlabki javob davri;
- 2) yashirin yoki kasallik belgilari go’yo yuqolib borayotgandek davr;
- 3) qo’zg’alish yoki kasallikning barcha belgilari yo’zaga chiqadigan davr;
- 4) tuzalish davri.
Bunday davrlarga bo’lish zaminida aniq terapevtik qoida bor: nur kasalligi qo’zg’alib, barcha belgilari namoyon bo’lmasa, bemorlar shifoxonaga yotqizib davolanmaydi va hatto mehnatga layoqatli deb topilishi mumkin. Kasallik yengil kechganda bemorlar shifoxonaga yotqiziladi, lekin hech qanday maxsus davo choralari ko’rilmaydi. Ba'zi hollarda, nurlanish 2 greyga yaqinlashsa, uzoq bo’lmagan agranulositoz holati kuzatilib, bunda yuqumli asoratlarning oldini olish uchun antibiotiklar qo’llash mumkin. O’rtacha og’ir holatda kechuvchi o’tkir nur kasalligi deyarli barcha bemorlarda agranulositoz va qonda trombositlar kamayishi bilan kechadi. Bunday bemorlar barcha tibbiy uskunalarga ega shifoxonalarga yotqizilib, boshqalardan ajratilgan holda qon preparatlari, antibiotiklar, qon ishlab chiqaruvchi a'zolar faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar bilan davolanishlari kerak. Kasallik oqir kechganda suyak iligi bilan bir qatorda me'da-ichak a'zolari faoliyati ham izdan chiqadi. Bunday bemorlar hujayralarda kechuvchi murakkab jarayonlarni davolash tajribasiga ega bo’lgan maxsus jarroqlik va qon quyish shifoxonalariga yotqizilishi kerak.[2]
O’tkir nur kasalligi o’ta og’ir kechgan hollarda A. I. Vorobev fikricha suyak iligi yaxshilab ko’chirib o’tkazilmasa, bemor sog’ayishiga umid qilib bo’lmaydi. Shuning uchun bunday bemorlar yuqori malakali, turli tibbiy sohadagi mutaxassislar ishlaydigan, maxsus qon kasalliklari shifoxonalarida davolanishlari zarur. Ta’sir ko’rsatgan nurlanish dozasiga bog’liq ravishda klinik belgilarning og’irligiga qarab, o’tkir nur kasalligining quyidagi shakllari farqlanadi: suyak, ichak, toksemik va tserebral shakllari.
Suyak shaklining klinik ko’rinishida suyak ko’migining qon yaratish vazifasini buzilishi katta o’rin tutadi.
Ichak shaklining klinik ko’rinishida oshqozon – ichak traktining zararlanish belgilari va nurlanishdan 2 haftadan so’ng o’lim yuz berishi bilan xarakterlanadi.
Toksemik shaklida kasallikning 3-4 kuniga kelib og’ir intoksikatsiya, buyrak etishmovchiligi(azotemiya, oliguriya), yurak faoliyatining buzilishi, arterial bosimning tushib ketishi, 3-5 kunga kelib, miya shishi belgilarining paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. O’lim nurlanishdan keyingi 5-7 kunlari yuz beradi.
Tserebral shaklida nurlanishning bevosita bosh miyaga ta’siri oqibatida miya shishi, nafas va qon aylanish sistemalarining ishini buzilishi 3 kun ichida bemorning o’limiga olib keladi.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=http://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12997-radiasiya-nurlaridan-zararlanish&ved=2ahUKEwimgrSkjJ_4AhUr7TgGHZnfC3kQFnoECAQQAQ&usg=AOvVaw0-GKHtib_nQHuP5fFnBCUn
- ↑ https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=http://hozir.org/oquv-uslubiy-majmuaning-tarkibi.html%3Fpage%3D139&ved=2ahUKEwimgrSkjJ_4AhUr7TgGHZnfC3kQFnoECB0QAQ&usg=AOvVaw2ypZnTWDvdfNWQ_rfoeKlK
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |