Numon Satimov
Numon Yunusovich Satimov | |
---|---|
Tavalludi |
15-dekabr 1939-yil Andijon |
Vafoti |
22-sentyabr 2006-yil (66 yoshda) |
Istiqomat joylari | OʻzSSR |
Fuqaroligi | OʻzSSR |
Sohasi | Matematik, fizika-matematika fanlar doktori |
Taʼlimi | Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti |
Numon Yunusovich Satimov (tugʻ.15-dekabr 1939-yil, Andijon — 22-sentyabr 2006-yil, Toshkent) — Sovet va oʻzbek matematigi, fizika-matematika fanlari doktori[1], Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati (1985). Differensial tenglamalar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va ularni qoʻllash sohalari boʻyicha mutaxassis[2][3][4].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Numon Satimov 1939-yil 15-dekabrda[5] Andijon shahrida ishchi oilasida tugʻilgan.
1956-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirdi. 1958-yilda Mixail Vasilevich Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining mexanika-matematika fakultetida oʻqishni davom ettirdi. 1962-yilda u universitetni tamomlab Matematika instituti qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kirdi.
1968-yilda Numon Satimov professor Boltyanskiy Vladimir Grigorevich rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1977-yilda esa professor Vasiliy Mishenko rahbarligida u doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi[6] (Steklov nomidagi matematika institutining ixtisoslashtirilgan kengashida). 1978-yilda Numon Satimovga professor unvoni berilgan. 1979-yilda u Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi boʻldi[6].
1968-yildan Numon Yunusovich Toshkent Davlat universitetida ishlagan. 1971-yildan u professor Satimov OʻzMU Amaliy matematika va mexanika fakulteti kafedra mudiri; 1974—1976-yillarda Steklov nomidagi matematika-mexanika institutida katta ilmiy xodim boʻlib ishladi. 1985—1987-yillarda Amaliy matematika va mexanika fakulteti dekani. 2000-yildan Numon Satimov Matematika institutida yetakchi ilmiy xodim boʻlib ishladi[7].
Numon Yunusovich Satimov 2006-yil 22-sentyabrda vafot etdi. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.
Ilmiy qiziqishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning asosiy ishlari differensial tenglamalar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va ularni qoʻllash sohalariga tegishli. Nazorat nazariyasi va differensial oʻyinlar boʻyicha Toshkent ilmiy maktabiga asos solgan. 35 yildan ortiq vaqt davomida u tomonidan tashkil etilgan „Optimal jarayonlar va differentsial oʻyinlar“ tadqiqot seminariga rahbarlik qildi.
U differentsial tenglamalar boʻyicha darslik, 2 ta monografiya[8][9], 180 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etgan, ularning aksariyati AQSh va Buyuk Britaniyadagi jurnallarda tarjima qilingan va nashr etilgan. Uning rahbarligida sakkizta doktorlik va yigirmadan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ http://www.mathnet.ru/rus/person18076
- ↑ „Satimov, N. Yu“. zbMATH.
- ↑ Бородин А. И., Бугай А. С.. Выдающиеся математики, 1987 — 461-bet.
- ↑ „Ранее состоявшиеся члены Академии Наук РУз“. Академия Наук РУз.
- ↑ „Персоналии: Сатимов Нуман Юнусович“. www.mathnet.ru. Qaraldi: 9-iyun 2019-yil.
- ↑ 6,0 6,1 http://www.mathnet.ru/php/archive.phtml?wshow=paper&jrnid=de&paperid=2020&option_lang=rus
- ↑ Академик Н. Ю. Сатимов // Узбекский Математический Журнал : Журнал. — 2006. — 2 Октябрь (№ 4). — С. 108.
- ↑ Сатимов Н. Ю., Рихсиев Б. Б.. Методы решения задачи уклонения от встречи в математической теории управления. Ташкент: "ФАН" АН РУз, 2000. ISBN 5-648-02716-8.
- ↑ Сатимов Н. Ю.. Управляемые динамические системы и их приложения. Ташкент: Ташкентский Государственный Университет, 1987.
- 15-dekabrda tugʻilganlar
- 1939-yilda tugʻilganlar
- 22-sentyabrda vafot etganlar
- 2006-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Kishilar
- 22-sentabrda vafot etganlar
- Andijonda tugʻilganlar
- Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzoslari
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
- Oʻzbekiston matematiklari