Nuh Ibn Asad
Nuh Ibn Asad (? — 841) — somoniylardan boʻlgan Samarqand hokimi (820—841). Tohiriylars&n Abdulla ibn Tohir bilan birga xalifalikpsh musta-qil siyosat yurgazishga intilgan, Is-shaxriy va Ibn Havqallarnnng yozishicha, xalifa Muʼtasim (833—842) bundan norozi boʻlib Abdulla ibn Tohirga noma yuborib, uni koyigan. Abdulla bu xatni Samarqandga joʻnatgan. Nuh Ibn Asad oʻzining javobida Movarounnahrda 300 ming qishloq borligini, har bir qishloq bitta sarboz va bitta navkar berishga qodir ekanligini koʻrsatib oʻtadi. Bu bilan u xalifadan qoʻrqish kerak emasligi, chunki faqat Movarounnahrning oʻzigina 600 ming sarboz va navkardan iborat qoʻshin toʻplay olishini bildirgan. Bu davrda koʻchmanchi turkiy qabilalar Shoshga koʻp hujum qilib turardi. Shosh Yahʼyo ibn Asad ixtiyorida edi. Uning iltimosiga koʻra, Nuh Ibn Asad 840-yil Isfijobning turkiy qabilalaridan boʻlgan hokimiga qarshi qoʻshin tortgan. Bu urush Nuh Ibn Asad ning gʻalabasi bilan tugagan. Balozuriyning yozishicha, bu vaqtda Nuh Ibn Asad ekinzorlar, tokzorlar, bogʻlar, qishloqlar va shaharlarni koʻchmanchilarning hujumidan saqlaydigan katta mustahkam devor qurishni buyurgan.ref>OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |