Kontent qismiga oʻtish

Nortoʻxta Qilich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nortoʻxta Qilich
Tavalludi 7-fevral 1947-yil (1947-02-07) (77 yosh)
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Kasbi yozuvchi

Nortoʻxta Qilich (1947-yil Buxoroda tugʻilgan) — yozuvchi.

Nortoʻxta Qilich 1947-yil 7-fevralda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Gʻishti qishlogʻida tugʻilgan. 1971-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ni tamomlagan. Soʻngra, „Buxoro haqiqati“, „Xorazm haqiqati“, „Toshkent oqshomi“ gazetalarida, shuningdek, „Sharq yulduzi“ jurnalida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida faoliyat yuritgan[1].

Nortoʻxta Qilichning dastlabki hikoyalari 60-yillarda tuman gazetasida nashr etilgan. 1981-yilda ilk hikoyalar toʻplami „Oppoq tong“ nomi ostida bosilib chiqqan. Keyingi yillarda „Yorongul“ (1981), „Moʻjiza“ (1984), „Chigʻiriq“ (1988), „Bayram“ (1991), „505“ (1992), „Iltijo“ (1992) nomli hikoya va qissalar toʻplamlari chop etilgan.

1993-yilda „Vijdon hukmi“ nomli qissa va hikoyalar toʻplami qoraqalpoq tilida bosmadan chiqqan[2].

  1. „Norto‘xta Qilich (1947)“. ziyouz.com. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.
  2. „Norto‘xta Qilich“. arboblar.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.