Norboʻtabiy madrasasi
Madrasa | |
Norboʻtabiy madrasasi
(Madrasai Mir) | |
Norboʻtabiy madrasasi Oʻzbekiston pochta markasida | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Fargʻona viloyati |
Shahar | Qoʻqon |
Manzil | Nonvoylik guzar MFY Bekboʻtabek koʻchasi, 69-uy |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Fargʻona viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. 2019-yildan beri Qoʻqon davlat muzey qoʻriqxonasiga tarkibodagi filliallardan biri |
Madrasa turi | Katta |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Norboʻtabiy |
Homiylar | Norboʻtabiy |
Asosiy sana: | |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Qoʻqon davlat muzey qoʻriqxonasi filliali |
Qurilish materiali | Pishiq g'isht |
Norboʻtabiy madrasasi Vikiomborda |
Norboʻtabiy madrasasi (Madrasai Mir) — Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr oxiri). Qoʻqon xoni Norboʻtabiy xukmronligi davrida qurilgan. Xalq orasida Madrasai Mir nomi bilan ham yuritiladi. Norboʻtabiy madrasasi chorsu maydoni yaqinida qurilgan. Bir qavatli, hovlili, toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (52x72 m), 4 burchagiga minora-guldastalar ishlangan. Hovli (38x38 m) atrofiga qator ravoqli xujralar joylashgan. Peshtogʻi shim.ga qaragan. Miyonsaroyning 2 ta-rafida peshtoq boʻylab tutashgan gum-bazli masjid va 12 ta derazali (panja-ralar oʻrnatilgan) darsxona mavjud. Norboʻtabiy madrasasi pishiq gʻishtdan qurilgan. Xonalar ichi ganchsuvoq qilingan. Masjidning gumbaz osti sharafasi va mexrobining yulduzsimon bezaklari serhasham koʻrinadi. Eshiklari girih naqshlar bilan bezatilgan, ichki qismida esa oʻymakori islimiy naqsh qoʻllangan. Norboʻtabiy madrasasining tashqi koʻrinishi Buxoro meʼmorlik maktabi uslubiga xosdir.
Ad.:Azimov I., Fargʻona vodiysining arxitektura yodgorliklari, T., 1986.[2]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hijriy 1213, milodiy 1798 yilda Qo‘qon hukmdori Norbo‘tabiy ibn Abdurrahmonxon tomonidan qurdirilgan. Sobiq Buljor, hozirgi Yangi Chorsu maydonida joylashgan. Norbo‘tabiyga „amir-al muslimiyn“ unvoni berilgan. Shuning uchun madrasa „Madrasa-i amir-al muslimiyn“ deb nomlangan. Xalq talaffuzida har qanday nomni ixchamlashtirishga intilish bor. Shu bois madrasa nomi talaffuzda ixchamlashib, „Madrasa-i Mir“ degan shaklga keldi. Madrasa nomi rasmiy doiralar va hujjatlarda „Madrasa-i Mir“ deb nomlangan bo‘lsada, xalq ichida „Norbo‘tabiy madrasasi“ tarzida yuritib kelinmoqda. Bosh mudarrislikka Muhammad Yaʼqub Oxund binni Muhammad Xoja Eshoni Sadr hazratlari tayinlanganlar. Hujralar soni — 50; tolibi ilmlar adadi — 114; mudarrislar adadi — 12 nafar.
Meʼmoriy yechimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa binosi tarxi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, tomonlari 52x72 metrdir. Binoning ulkan, muhtasham peshtoq qismi shimolga qaratilgan. To‘rt burchagiga katta hajmdagi burjlar (minorasimon unsur) qurilgan. Darvozaxona (miyonsaroy)ning g‘arb tomonida madrasa masjidi, sharq tomonida katta darsxona joylashgan. Miyonsaroydan darsxonalar yo‘lagi orqali ichki hovliga kiriladi. Ichki hovli murabbaʼ (kvadrat) shaklida bo‘lib, tomonlari 38x38 metrdir. Ichki hovli qirq hujra bilan o‘rab olingan. Darvozaxona, masjid, katta darsxona tomlari gumbaz uslubida yopilgan. Gumbazlarni arkali ravoqlar ko‘tarib turadi. Gumbazlarning devorga tutashadigan qismlari muqarnas, sharafa uslubida ganch bilan bezatilgan. Masjid mehroblari ganch muqarnaslar bilan ko‘rkam qilingan. Darvoza va eshiklar qayrog‘och hamda yong‘oq yog‘ochidan tayyorlangan, ularga sayoz o‘yma naqshlar tushirilgan. Naqshlarda pargori va islimiy uslublar uyg‘unligiga erishilgan. Madrasa-i Mir binosi Buxorodagi Ko‘kaldosh, Abdulazizxon, Mir Arab madrasalari binolariga o‘xshab ketadi. Madrasa 1924 yilgacha faoliyat ko‘rsatadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |