Nominal ish haqi
Qiyofa
Nominal ish haqi - pul shaklidagi ish haqi.[1] Nominal ish haqi ishchi va xizmatlarning soat, kun, hafta, oy davomida oʻz mehnati evaziga oladigan daromadi hisoblanadi. Tovarlar narxlari va xizmatlar koʻrsatish haqiga bogʻliq boʻlmagan ish haqi darajasini ifodalaydi. Uning real ish haqidan farqi ham shunda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Nominal ish haqi". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |