No Son of Mine
„No Son of Mine“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Genesis“ qoʻshigʻi | ||||
„We Can't Dance“ albomidan | ||||
B tomon | „Living Forever“ | |||
Chiqarilgan sanasi | 21-oktyabr, 1991-yil[1] | |||
Studiya | The Farm (Surrey, Angliya) | |||
Davomiyligi |
| |||
Leybl | ||||
Bastakor(lar) |
| |||
Lirik ijodkor(lar) | Phil Collins | |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Genesis xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„No Son of Mine“ YouTubeda |
„No Son of Mine“ (tarjimasi „Senday oʻgʻlim yoʻq“) — Genesis ingliz rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1991-yilgi „We Can't Dance“ nomli 14-albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan.
Qoʻshiq Buyuk Britaniya singllar xit-paradida 6-, AQShning Billboard Hot 100 xit paradida esa 12-pogʻonagacha koʻtarilgan. Shuningdek, bir necha Yevropa davlatida eng yuqori oʻntalik safiga kirgan. Kanadaning RPM singllar xit-paradida besh hafta davomida birinchi pogʻonada turgan.
Qoʻshiqda uydagi zoʻravonlikdan qutilish uchun qochib ketgan oʻgʻil haqida hikoya qilinadi. Uyga qaytishga uringanida, otasi uni qabul qilmaydi. Guruh qoʻshiqchisi Phil Collins bergan intervyularida qoʻshiqda atayin qahramon yoki uning onasi zoʻravonlik qurboni ekanligi oshkor qilinmaganini aytgan.
Musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiqning kirishidan oldin hamda ikkinchi bandidan oldin oʻziga xos ohang chalingan. Guruh „fil naʼrasi“ (inglizcha: elephantus) nomini bergan bu ohangni guruh aʼzosi Tony Banks yaratgan. Buning uchun Banks Mike Rutherford gitarasini sempler bilan yozib olib, klavishli asbob registrining quyi qismida uch notani chalgan. Qoʻshiq rasman eʼlon qilinishidan oldin guruh aʼzolari uni „Elephantus“ deb atagan[2].
Klipi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiq uchun sepia tonida melanxolik klip olingan. Klipda qoʻshiqda hikoya qilingan ota va oʻgʻil oʻrtasidagi janjal tasvirlangan. Yakuniy naqoratda uy boʻylab qor uchqunlari aylana boshlaydi. Pirovardida ota va oʻgʻil oʻrtasidagi tortishuv oʻgʻil qoʻlida tutgan qor sharida sodir boʻlayotgani tomoshabinga koʻrsatiladi.
Jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Phil Collins — barabanlar, asosiy va bek vokal
- Tony Banks — klavishlar
- Mike Rutherford — solo-, ritm- va bass-gitara
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „New Releases: Singles“ (PDF). Music Week. 19-oktyabr 1991-yil. 19-bet. Qaraldi: 19-iyun 2021-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Collins, Phil; Banks, Tony; Rutherford, Mike; Gabriel, Peter; Hackett, Steve. Genesis: Chapter & Verse. Macmillan, 2007 — 331-bet. ISBN 978-0-312-37956-8.