Nirupa Roy
Nirupa Roy | |
---|---|
Tavalludi |
Kokila Kishorechandra Bulsara 4-yanvar 1931-yil |
Vafoti |
13-oktyabr 2004-yil (73 yoshda) Mumbay |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1946—1999-yillar |
Turmush oʻrtogʻi | Kamal Roy (t. 1946) |
Bolalari | 2 nafar |
Nirupa Roy (qizlik familyasi: Kokila Bulsara; 1931-yil 4-yanvar — 2004-yil 13-oktyabr) — hind filmlarida suratga tushgan hind aktrisasi. Fojia va qaygʻuli obrazlari bilan mashhur boʻlgan Roy oʻzining aktrisalik qobiliyati bilan ham tanilgan[1] va hind filmlarida „Qaygʻu malikasi“ deb nom olgan. Roy 1946-yildan 1999-yilgacha faol va ona obrazidagi rollari ijrosi bilan mashhur edi.[2][3] Roy 250 dan ortiq filmlarda rollar ijro etgan va oʻz faoliyati davomida uchta Filmfare mukofotiga sazovor boʻlgan. 2004-yilda Roy Filmfare Lifetime Achievement mukofotiga ham sazovor boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1946-yilda Roy va uning turmush oʻrtogʻi Gujarati films gazetasida aktyorlarni qidirayotgan eʼlonga javob berishdi. U aktyorlik faoliyatini Gujarati filmi Ranakdevi bilan boshlagan. Oʻsha yili u oʻzining birinchi hind filmi Amar Rajda ham rol ijro etgan. Uning mashhur filmlaridan biri Do Bigha Zamin (1953) edi. U asosan 1940—1950-yillar filmlarida mifologik personajlarni ijro etgan. Har Har Mahadev filmida u Shiva rolini ham ijro etgan Trilok Kapoor bilan birga Parvati Devi rolini va kino yilning eng yaxshi filmi boʻldi. Uning maʼbuda qiyofasi juda kuchli va taʼsirli boʻlib, hatto odamlar uning uyiga tashrif buyurib, undan duo soʻrashgan. Uning hamkasblari orasida Trilok Kapoor (u bilan oʻn sakkizta filmda rol ijro etgan), Bharat Bhushan, Balraj Sahni va Ashok Kumardek aktorlar ham bor edi.
1970-yillarda uning Amitabh Bachchan va Shashi Kapoor ijro etgan qahramonlardagi ona roli uning ismini qaygʻuli ona sinonimiga aylantirdi. Uning Deewaar (1975) filmi ona va oʻgʻil oʻrtasidagi dialog sifatida namoyish etilgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nirupa Roy 1946-yili Kamal Roy bilan turmush qurgan va ularning Yogesh va Kiran Roy ismli ikki farzandi bor.[4] Uning oʻlimidan keyingi yillarda ular Royning mol-mulki va buyumlari boʻyicha nizoga kirishganlar, bu esa yangiliklar va ommaviy axborot vositalarida katta eʼtiborga sazovor boʻlgan.[5][6]
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yil 13-oktabrda Roy Mumbayda yurak xurujidan 73 yoshida vafot etgan.[7]
Roy xotirasiga bir nechta oʻlpon va maqolalar yozilgan.[8] Uning „Divar“ filmidagi dialoglari timsolga aylangan[9] va uning filmdagi roli boshqa taniqli filmlari qatori hind kinosida hozirgacha muhim oʻrin tutadi.[10]
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Film | Izohlar |
---|---|---|
1946 | Amar Raj | Debyut filmi |
1949 | Uddhar | |
1951 | Ram Janma | |
1953 | Do Bigha Zamin | |
Naulakha Haar | ||
1954 | Chakradhari | |
Durga Puja | ||
1955 | Garam Coat | |
Munimji | ||
Tonga-wali | ||
1956 | Bhai-Bhai | |
1957 | Mohini | |
Musafir | ||
1958 | Chaalbaaz | |
Dulhan | ||
1960 | Aanchal | |
1961 | Chhaya | |
1962 | Bezubaan | |
1963 | Kaun Apna Kaun Paraya | |
Mujhe Jeene Do | ||
Grahasti | ||
1964 | Benazir | |
Shehnai | ||
Phoolon Ki Sej | ||
1965 | Shaheed | |
1967 | Ram Aur Shyam | |
Jaal | ||
1968 | Aabroo | |
Ek Kali Muskai | ||
Raja Aur Runk | ||
1969 | Aansoo Ban Gaye Phool | |
Pyar Ka Mausam | ||
Rahgir | ||
1970 | Abhinetri | |
Maa Aur Mamta | ||
Ghar Ghar Ki Kahani | ||
Maharaja (1970 film) | ||
Purab Aur Paschim | ||
1971 | Ganga Tera Pani Amrit | |
1972 | Jawani Diwani | |
1973 | Kuchhe Dhaage | |
1975 | Deewaar | |
1976 | Maa | |
1977 | Amar Akbar Anthony | |
Anurodh | ||
1978 | Ankh Ka Tara | |
1979 | Suhaag | |
1982 | Teesri Aankh | |
1983 | Betaab | |
1985 | Sarfarosh | |
Geraftaar | ||
Mard | ||
1986 | Angaaray | |
1988 | Gangaa Jamunaa Saraswati | |
Inteqam | ||
1991 | Pratikar | |
1993 | Aasoo Bane Angaarey | |
1996 | Namak | |
1999 | Jahan Tum Le Chalo | |
Lal Baadshah |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Remembering Nirupa Roy, the Iconic 'Mother' of Bollywood“ (en). The Quint (2016-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
- ↑ „Happy Mother's Day 2019: Iconic mothers who graced screens of Indian cinema - News Nation“ (en). newsnation.in (2019-yil 12-may). Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
- ↑ „Mothers Day Special: Bollywood's Most Iconic Screen Mothers“ (en). filmfare.com. Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
- ↑ „Nirupa Roy“ (en). The Independent (2004-yil 2-noyabr). 2022-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
- ↑ Sayed. „Battle between Nirupa Roy's sons gets uglier“ (en). Mumbai Mirror (2018-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
- ↑ „Deewar's Maa Nirupa Roy's Sons Fight Over Her Property“. NDTV.com. Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
- ↑ „Javed Akhtar on Nirupa Roy 87th birth anniversary: She looked like Goddess in mother roles“. January 4, 2019.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam) - ↑ „Tribute to legendary actress Nirupa Roy“ (en-US). The Siasat Daily - Archive (2019-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
- ↑ „Mother's Day 2019: Entertain your Maa with 13 famous Bollywood 'Mom Dialogues'“ (en). Latest Indian news, Top Breaking headlines, Today Headlines, Top Stories at Free Press Journal. Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
- ↑ Arora. „Remembering Nirupa Roy, Indian cinema's 'Goddess' who became its most popular mother“ (en-US). ThePrint (2019-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.