Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Sergiyenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Sergiyenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nikolay Nikolayevich Sergiyenko
Tavallud sanasi 30-sentyabr 1978-yil (1978-09-30) (46 yosh)
Tavallud joyi Kogon, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 166 cm (5 ft 5 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Lokomotiv
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—1999 Buxoro 78 (21)
2000 Shinnik Yaroslavl 16 (2)
2001 Buxoro 9 (2)
2001 Sibur-Ximik Dzerjinsk 14 (4)
2002—2006 Sibir Novosibirsk 104 (19)
2006 Metallurg Novokuznetsk 19 (4)
2007—2008 Amur Blagoveshchensk 45 (12)
2009—2012 Chelyabinsk 86 (13)
Milliy terma jamoa
1999 Oʻzbekiston 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Nikolay Nikolayevich Sergiyenko (ruscha: Сергиенко, Николай Николаевич; 1978-yil 30-sentyabrda tugʻilgan) – rus millatiga mansub, oʻzbekistonlik va rossiyalik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida asosan yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergiyenko olti yoshidan futbol bilan shugʻullanishni boshlagan, birinchi murabbiyi Shamil Taibovich Maksumov. 15 yoshidan boshlab Oʻzbekiston birinchi ligasida ishtirok etgan „Lokomotiv“ klubining asosiy jamoasi oʻyinlarida ishtirok etgan. 1997-yilda viloyatning asosiy jamoasi, "Buxoro" klubiga oʻtgan. Buxoro klubi tarkibida uch mavsum davomida oʻynagan va 20 dan ortiq gol urgan.

2000-yilda Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Shinnik jamoasiga oʻtishida unga Rossiya birinchi divizionida toʻp surgan oʻzbekistonlik murabbiy Gennadiy Ivanov hamda „Buxoro“ va „Shinnik“ klubining sobiq futbolchisi Muhsin Muhammadiyevlar tavsiya berishgan. „Shinnik“ jamoasida oʻynagan davrida asosiy tarkibga kira olmagan. Mavsum yakunlangach, Nikolay Oʻzbekistonga qaytib kelgan va keyingi olti oyni Buxoro jamoasi tarkibida oʻtkazgan.

2001-yil avgust oyida yana Rossiya chempionatiga, Sibur-Ximik (Dzerjinsk) jamoasi tarkibiga oʻtgan. Nikolay keyinchalik asosan Rossiya ikkinchi divizionida ishtirok etgan klublar; Chkalovets / Sibir (Novosibirsk), Metallurg-Kuzbass (Novokuznetsk), Amur (Blagoveshchensk), „Chelyabinsk“ jamoalarida oʻynagan. U professional faoliyatini 2012-yilda yakunlagan.

Oʻzbekiston oliy ligasida jami 87 ta oʻyin oʻtkazib, 23 ta gol urgan, Rossiya birinchi divizionida 51 oʻyinda va 7 gol, Rossiya ikkinchi divizionida 234 oʻyinda va 37 gol muallifi boʻlgan. Sergiyenko maydonda uzoq masofadan kuchli va aniq zarba berish, aniq pas berish qobiliyati bilan ajralib turgan.

Milliy jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yillar oxirida Oʻzbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalari oʻyinlarida ishtirok etgan.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 1999-yil 11-iyulda Malayziyaga qarshi oʻyinning 64-daqiqada Nikolay Shirshovning oʻrniga maydonga tushdi[1]. Bu Nikolayning terma jamoa tarkibidagi yagona oʻyini boʻlib qolgan.

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning Kubanda tugʻilgan va haydovchi boʻlib ishlagan, onasi esa Donetsk viloyatida tugʻilgan. Alena va Galina ismli ikkita opa-singlisi ham bor.

Nikolay 1999-yil oxirida oila qurgan[2][3].