Nikolay Korjenevskiy
Nikolay Korjenevskiy | |
---|---|
Tavalludi |
6-fevral 1879 |
Vafoti | 31-oktyabr 1958[1] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Nikolay Leopoldovich Korjenevskiy (1879.6.2, Vitebsk guberniyasi — 1958.31.10, Toshkent) — tabiiy geograf va glyasiolog. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1947). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1939). Geogr. fanlari doktori (1937). Oʻrta Osiyo universitetining tabiiy geogr. kafedrasi professor, mudiri (1927-yildan). Oʻrta Osiyo Gidrometeorologiya institutida konsultant va glyasiologiya boʻlimining boshligʻi (1926—58). Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyo tabiiy geogr.si va muzliklariga bagʻishlangan. K. Oʻrta Osiyo muzliklarining dastlabki katalogini tuzgan (1930), 70 ga yaqin muzlik va choʻqqilarni oʻrganib ilmiy adabiyotga kiritgan. Ustyurt platosi, Moʻyinqum, Qirgʻiziston tizmasi, Qorakoʻl, Yashilkoʻl, Sarez, Iskandarkoʻl va Balxash koʻllarini tadqiq qildi. Pomir va Tyaniianda 3 muzlik va Orqa Olay tizmasidagi choʻqqi K. nomi bilan atalgan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Katalog lednikov Sredney Azii, T., 1930; Srednyaya Aziya. Kratkiy fizikogeograficheskiy ocherk, 2 izd., T., 1941; Priroda Sredney Azii, T., 1960.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nikolay Leopoldovich Korjenevskiy (1879-1958), T., 1962.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |