Qorakoʻl (Tojikistondagi koʻl)
Qiyofa
Qorakoʻl — Pomirning shim. qismidagi oqmas koʻl (Tojikiston Respublikasida). Maydoni 380 km², uz. 33 km. Atrofi baland togʻlar bilan oʻralgan. 3914 m balandlikdagi soylikda joylashgan. Ikki qismdan iborat boʻlib, tor boʻtozlar orqali bogʻlangan. Chuqurligi gʻarbiy qismida 236 m, sharqida 22,5 m. Suvi shoʻrroq, tiniq. Noyabr oxiridan aprelgacha muzlab yotadi. Suvning temperaturasi yozda 12°. Eng yirik irmoqlari: Qorajilgʻa, Qoraort va Muzkoʻl.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |