Kontent qismiga oʻtish

Nikolay I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay I

Nikolay I (Nikolay Pavlovich Romanov) (1796.25.6, Sarskoye Selo, hozirgi Pushkin shahri — 1855.18.2, Peterburg) — Rossiya imperatori (1825—55). Pavel I ning 3-oʻgʻli. Dekabristlar qoʻzgʻolonini bostirgan (1825). Nikolay I davrida markazlashgan davlat byurokratik apparati kuchaytirilgan, 3-boʻlim (inqilobiy harakatga qarshi kurashish uchun siyosiy politsiya) barpo etilgan; Rossiya imperiyasi qonunlar majmuasi tuzilgan, yangi senzura ustavlari joriy qilingan (1826, 1828). 1837-yil Rossiyada birinchi marta Tsarskoye Seloda temir yoʻl harakati ochilgan. Nikolay I ichki siyosatining asosiy maqsadi — samoderjaviye-krepostnoylik tuzumining mustahkamligini saqlash edi. 1830—1831 yillardagi Polsha qoʻzgʻoloni; 18481849 yillardagi Vengriya inqilobini qonga botirgan. Muqaddas ittifoqning tamoyillariga qaytishi Nikolay I tashki siyosatining muhim tomoni boʻlgan. Nikolay I davrida Rossiya Kavkaz (1817—1864), Rossiya—Eron (1826—1828), Rossiya—Turkiya (1828-1829), Qrim (185356) urushlarini olib borgan. Xiva xonligini bosib olish maqsadida Perovskiy eks-peditsiyasini joʻnatgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil