Kontent qismiga oʻtish

Nesthy Petecio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nesthy Petecio
Fayl:Nesthy Petecio 16-oktabr 2019-yil. 3 (cropped).jpg
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Filippin bayrogʻi Filippin
Tavallud sanasi 11-aprel 1992-yil (1992-04-11) (32 yosh)
Sport
Qaysi sport boks

Nesthy Petecio (tugʻ. 1992-yil 11-aprel) — filippinlik bokschisi, 57 kg gacha toifasida ishtirok etadi, Filippin terma jamoasi aʼzosi. 2019-yilgi Jahon chempioni, 2012 va 2015-yillardagi Osiyo chempionati sovrindori. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindori.

2012-yilda Ulan-batorda (Mongoliya)ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 54 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medal sovrindori boʻldi.

2015-yilda Ulanqabda (Xitoy) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u finalga chiqdi, ammo tailandlik Peamwilai Laopeamga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2018-yilda Hindistonda ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida birinchi raund kolumbiya sportchi Yeni Ariasga yutqazib va Jahon chempionatidagi oʻyinini yakunlab.

2019-yilda oktyabr oyida Ulan-udeda (Rossiya) boʻlib oʻtgan Olimpiya oldidan Jahon chempionatida filippinlik sportchi rossiyalik sportchi Lyudmila Voronsovani bir ovozdan magʻlub etib, final uchrashuvini yakunladi. Natijada, boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi oʻn birinchi Jahon chempionatida u jahon chempionligini qoʻlga kiritdi[1].

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 57 kg vazn toifasidagi filippinlik sportchi finalga chiqishga muvaffaq boʻldi. Finalda u Sena Iriega yutqazib, oʻyinlarning kumush medalini qoʻlga kiritdi[2].