Kontent qismiga oʻtish

Neyron (nerv hujayrasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nerv hujayrasidan yoʻnaltirildi)
Neyron (1 - Dendrit, 2 - Hujayra yadrosi, 3 - Akson)

Neyron, nevron (neyro... ) - nerv hujayrasi, Nerv sistemasining asosiy strukturaviy va funksional birligi, kalta dendritlar va uzun aksondan iborat (sxema). Hayvon xujayrasiga xos organizmlardan tashqari, Neyron sitoplazma (neyroplazma)sida neyrofibrillalar (tigroid modda) boʻladi. Sezuvchi, qoʻshuvchi va effektor Neyron farq qilinadi. Neyron nerv impulslarini retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga (sezuvchi Neyron), markaziy nerv sistemasidan ijrochi aʼzolarga (harakatlanuvchi Neyron) oʻtkazadi, boshqa bir qancha nerv hujayralarini oʻzaro biriktiradi (qoʻshuvchi Neyron) Neyronlar oʻzaro va ijrochi aʼzolar hujayralari bilan sinapslar orqali aloqada boʻladi. Bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi, miyacha, markaziy nerv sistemasining boshqa baʼzi boʻlimlari neyroni murakkab tuzilgan. Neyronlar oʻlchami va soni turli hayvonlar va odamda turlicha. akson bn dentrid yoki dentrid bn akson tutashgan joy sinaps deyiladi sinapslardan mediator suyuqligi chiqadi. suyuqlikning vazifasi nerv impulslarini utkizb berish.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil