Kontent qismiga oʻtish

Nayman mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nayman mahallasi
Mahalla
Mamlakat Oʻzbekiston
{{{mintaqa_turi}}} Samarqand

Nayman mahallasi – Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Poʻlatchi QFY hududida joylashgan mahalla. 1997-yili tashkil etilgan. Mahalla tuman markazidan 30 km uzoqlikda.

„Nayman“ nomi manbalarda „Poʻlatchi, Eshonqora, Qarluq“ shaklida uchraydi. Poʻlatchi qishlogʻI hududida asosan quyidagi urugʻ vakillari yashagan: nayman, urgʻuch, boyovli, boltali, biya, jastovon, ukrach, uramas, momoy, poʻlatchi, bektup, qarluq, chuvilloq, choʻmichli, polvon, burunsov, tumor. „Nayman“ – etnik guruh boʻlib, oʻzbek millatining tarkibiga kirgan urugʻlardan birining nomi. Moʻgʻul tilida nayman soʻzi „sakkiz“ degan maʼnoni bildirgan. Shu maʼno tufayli naymanlarni sakkiz urugʻ, qabila, turkiy xalq deb ham izohlashgan [1].

Mahalla hududida V asrga oid qadimiy Qorovultepa yodgorligi joylashgan. Qorovultepa Narpay kanalini, vohani qiya togʻlar va dasht tomondan kuzatib qoʻriqlash uchun xizmat qilgan qal’aning qoldiqlaridir. Qal’a buzilib xarobaga aylangan. Nayman mahallasi shimol tomondan „Zarafshon daryosi“, sharqdan „Boltali mahallasi“, Gʻarbdan „Dobusiya mahallasi“, janubdan „Urgich“ mfy bilan chegaradosh. Mahalla fuqarolar yigʻinida 3 ta koʻcha mavjud. Koʻchalar quyidagi nomlar bilan ataladi: Oriyat, Ziyo va Shirin. Hududda 38-sonli maktab, 36-maktabgacha taʼlim tashkiloti, 3-oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi, 17 ta savdo doʻkoni, 1ta toʻylar maskani, 1 ta tikuvchilik xonasi, 1 ta nonvoyxona, oshxona, dorixona, avtomobillarni yuvish shoxobchasi, shlakoblok, travertin, temirpanjara, akfa eshik-romlari ishlab chiqarish korxonasi, 1 ta qabriston joylashgan[2]. Nayman mahallasi tashkil etilgan vaqtdan boshlab 2006-yilgacha uni U. Jabborov, 2006-yildan boshlab 2007-yilgacha Sh. Pardayev, 2007-yildan 2008-yilgacha Yu. Xolmurodov, 2008—2009-yillarda O. Toshpoʻlatova, 2010-yildan 2013-yilgacha O. Allayorov, 2013-yildan 2014-yilga qadar Sh. Abdullayev, 2015—2016-yillarda F.Muxammadiyev, 2017-yildan 2018-yilgacha B. Nosirov, 2019—2020-yillarda U.Doʻsmatov, 2020-yilning 10-sentyabrdan boshlab hozirgi vaqtgacha X. Narzullayev mahalla fuqarolar yigʻini raisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

  1. Xudoyberganov R. O‘zbеkiston joy nomlarining izohli lug‘ati. Toshkent: Donishmand ziyosi, 2022 — 273-bet. 
  2. „Paxtachi tumani Nayman MFY“. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.