Narpay kanali
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Narpay kanali - Zarafshon vodiysidagi qad. va yirik kanallardan biri. Qoradaryo (Zarafshon tarmogʻi)dan toʻgʻonsiz suv oladi. Suv oʻtkazish imkoniyati 70 m³/s. Sugʻorish maydoni 42,2 ming ga; o'rtacha chuqurligi 1-2 metr Samarqand viloyatining Narpay tumanida 18,6 ming ga, Paxtachi tuma-nida 17,9 ming ga, Kattaqoʻrgʻon tumanida 4 ming ga, undan quyiroqda 1,7 ming ga yerlarni sugoradi. Kanal trassasi daryoga parallel holda Zarafshon tizmasining gʻarbiy tarmoklari etaklari boʻylab oʻtgan. 370 shoxobchasi bor. 1929-yilgacha uning uz. 30 km, suv oʻtka-zish imkoniyati 8–10 m³/s boʻlgan. 1929—32 yillardagi rekonstruksiyada uzaytirildi, suv oʻtkazish imkoniyati 48 m³/s yetkazildi. Ortiqcha suvni tashlab yuboradigan 4 shoxobcha qurildi. 1950-yilda Narpay kanali Kattaqoʻrgʻon suv omboriga ulandi. Qayta rekonstruksiya qilingandan keyin suv oʻtkazish imkoniyati 70 m³/s ga yetdi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |