Naxud
Naxud soʻzi fors-tojik tilidan eski oʻzbek tiliga oʻtib oʻzlashgan. Ammo Oʻrxun-Yenisey yozma manbalarida, Mahmud Qoshgʻariy lugʻatida,XV asrlargach yozilgan turkiy yozma manbalarda qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlarida shunday berilgan: Borcha naxud oʻrniga durri xushob, Reza chagʻandar yeriga laʼli nob. (Hayrat ul-abror , 126)
Shakllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eski tojik tilida naxoʻd نخود nav’e az hububoti loʻbiyoy (FZT. I, 1969, 841), hozirgi tijik tilida naxoʻd, fors tilida noxod, kurd tilida pok, hozirgi turkiy tillarda:turkman tilida noxut, oʻzbek tilida noʻxat-noxot, oʻzbek tilining dialektlarida naxut(Qashqadaryo), naxoʻd(Buxoro,Samarqand), ozarbayjon tilida noxud, turkiy tillar lugʻatida نخود noxoʻd (Budagov, II , 1869, 282), noxud, noxut, nogʻut(Radlov, III , 694) tarzida beriladi.
Etimoni va morfemik boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Soʻzning etimoni haqida maʼlumotlar uchratmadik. Bizning kuzatishimizcha, soʻz ikki morfemadan tashkil topgan. Ular na+xud, birinchi morfema na — fors-tojik tilidagi inkor maʼnosini ifodalovchi grammatik kategoriya, ikkinchisi xud soʻzi boʻlib, koʻpincha meva, oʻsimliklarni madaniy va „yovvoyi“sini farqlashda qoʻllanadi. Tekshirilayotgan naxud soʻzi ham donlar turiga kiruvchi madaniylashgan navidir. Donning madaniylashmagan dukkakli boshqa turlaridan farqlab, uni na+xud, yaʼni madaniy, oʻzicha oʻsmaydigan deb nomlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. Don nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 44-45-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.