Kontent qismiga oʻtish

Nataliya Androsova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nataliya Androsova
Tavalludi 1917-yil 10-fevral
Vafoti 1999-yil 25-iyul (82 yosh)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR, Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi sirk artisti
Turmush oʻrtogʻi Nikolay Vladimirovich Dostal
Otasi Aleksandr Nikolayevich Iskander
Onasi Olga Iosifovna Rogovskaya

Natalya Nikolayevna Androsova, qizlik familiyasi Natalya Aleksandrovna Iskander-Furmanova (10-fevral 1917-yil, Toshkent, Turkiston viloyati, Rossiya imperiyasi – 1999 yil 25 iyul, Moskva, Rossiya) – imperator Nikolay I ning nevarasi. 1980-yildan 1999-yilgacha Romanovlar oila a'zolari uyushmasi aʼzosi[1].

Natalyaning otasi knyaz Aleksandr Iskander (Buyuk Gertsog Nikolay Konstantinovich va Nadejda Aleksandrovna Dreyerning oʻgʻli). Onasi Olga Iosifovna Rogovskaya (1893–1962).

Natalya knyaz Aleksandr Iskanderning kenja qizi boʻlib, 1917-yil 10-fevralda Toshkentda tavallud topgan. Uning choʻqintirish marosimida bobosi, Buyuk knyaz Nikolay Konstantinovich qatnashgan.

Nikolay Konstantinovich oilasini Toshkentga olib ketgan, u yerga 1918-yilda knyaz Aleksandr Nikolayevich ham kelgan, ammo bu vaqtga kelib uning otasi buyuk knyz Nikolay hayotdan koʻz yumgan edi. Aleksandr Nikolayevich 1919-yil yanvargacha shahar sudida xizmat qilgan va 19-yanvarda shaharda boshlangan Osipov isyoniga qoʻshilgan. Soʻngra ofitserlar otryadi bilan Qrimga yoʻl olgan va u yerda Oq Armiya safiga qoʻshilgan[2].

Onasi Olga Iosifovna 1924-yilda mas’ul moliya xodimi Nikolay Nikolayevich Androsovga turmushga chiqqan (1936-yilda vafot etgan) va Moskvaga koʻchib oʻtgan. Oʻgay ota bolalarni pasportga oʻz farzandlaridek kiritgan, shundan soʻng bolalar uning ismi va Androsov familiyasini olganlar. Bu esa buyuk knyazlik kelib chiqishi izlarini oʻchirib tashlagan. Oila Moskvada Plyushixadagi kvartirada yashagan va Natalya (Talya) toʻrtinchi sinfgacha sobiq gimnaziyada oʻqigan.

Androsovlar oilasi 1929-yilda Arbatdagi 30-uydagi podvalga koʻchib oʻtgan, u yerda Talya 1970-yilgacha yashagan.

Oʻgay otasining vafotidan keyin oilasi kambagʻal boʻlib yashagan. Onasi mashinist boʻlib ishlagan. Talya atigi yettita sinfni tugatgan. U baʼzan chizmachi, baʼzan hisobchi boʻlib ishlagan. Texnikumda oʻqishni iloji boʻlmagan.

Natalya Nikolayevna 1930-yillardan boshlab mototsikl klubiga aʼzo boʻlib, sport tomoshalarida qatnashgan[3].

Natalya 1998-yil 17-iyulda Sankt-Peterburgda imperator Nikolay II, uning oilasi va xizmatkorlarining qoldiqlarini qayta dafn etish marosimida ishtirok etgan[4].

Androsova 1999-yil 25-iyulda Moskvada insultdan vafot etgan. Uning qoldiqlari kuydirilib, akasi va onasining qabrlaridan unchalik uzoq boʻlmagan Vagankovskiy qabristoniga[5] dafn etilgan.

  1. „Андросова Наталья Николаевна (Искандер)“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  2. „Наталья Андросова“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  3. „Мотогонщица Таля из рода Романовых. Бесстрашный характер / Православие.Ru“. 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-yanvar.
  4. Юрий Ростиславович Канский. Единственная из Романовых. (русский) // Бизнес-Класс : журнал. — 2018. — Февраль (№ 1 (140)). — С. 42—49. — ISSN 1691-0362.
  5. „Могила Н. Н. Андросовой“. 2017-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-aprel.