Narim tizmasi
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Narim tizmasi — Oltoyning janubidagi togʻ tizmasi (Qozogʻistonning Sharqiy Kozogʻiston viloyati). Uzunligi 120 km. Eng baland joyi 2533 m. Paleozoy kumtoshlari, konglomerat, slanets, tuflardan tarkib topgan boʻlib, ularni granit intruziyalari yorib chikkan-Tik shimoliy yon bagʻrida 1300 m balandlikkacha qayin, undan yuqorida tilogʻoch, daryo vodiylari boʻylab koraqaragʻay-okkaragʻay-kedr oʻrmonlari oʻsadi. Janubiy yon bagʻir betagachalov va oʻtloq dashtlar, butalar bilan koplangan. 1800 m dan yuqorida siyrak subalp oʻrmonlari, alp oʻtloklari uchraydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |