Kontent qismiga oʻtish

My left foot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
My left foot
Muallif(lar) Christy Brown
Mamlakat Irlandiya
Til inglizcha
Janr(lar)i biografik asar
Nashr etilgan sanasi 1954-yil

My left foot1954-yilda irlandiyalik yozuvchi va shoir Christy Brown tomonidan yozilgan biografik asar.

Asar Christy Brownning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarga qarshi kurashib kelganligi va bu toʻsiqlarning barchasini oilasining yordami bilan yengib oʻtganligi haqida hikoya qiladi. Yozuvchi ushbu asari orqali hayotda har qanday toʻsiqni bartaraf etishning iloji borligini taʻkidlamoqchi boʻlgan.

Christy Brown 1932-yil Dublinda tavallud topgan. Uning oʻnta akasi bolaligida vafot etgan. Christyning onasi oʻgʻlining uch oylik davrida yaxshi ovqat yemaganligi, hatto, koʻp marotaba asabiylashganidan qoʻlini musht holida tugib turganligidan bola nuqsonli holda tugʻiladi. Christy gapirishga qiynaladi va tanasining chap tarafini harakatlantira olmaydi. Christy Brown bir kuni ukasi bilan oʻyin oʻynayotgan paytida chap oyogʻi bilan yerdagi boʻyoq va moʻyqalamlarni olib rasm chizishni boshlaydi. Uning bu isteʻdodidan xabar topgan tarbiyachisi Katriana Delahaut Christyni rassomlik musobaqasiga olib boradi va u musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. Rassomchilikdan ancha zerikkan Christy faoliyatini hikoya yozish bilan davom ettiradi. Adabiyotga kirib kelish jarayonida ancha qiynaladi va tashqi muhitdan, odamlar orasidan chekinadi. Christyning tushkunlikka tushganligini sezib, koʻrib turgan oilasi uni oʻzi kabi imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqaga olib borishadi. Christy musobaqa davomida oʻzi kabi yoshlarni koʻrgach, maqsadini amalga oshirishga boʻlgan ishonchi ortadi. U musobaqadan uyiga qaytgach, shifokor Collinsning koʻrsatgan yordami orqali jismonan davolanishni boshlaydi. Christy Brown muolaja yakunlangach, nutqi yaxshilanadi, gapirishni boshlaydi va hamma bilan turli mavzularda suhbatlar qura oladi. Christy Brown shifokor Collinsning yordami orqali muvaffaqiyatga erishganligi haqida biografik asar yozishga qaror qiladi. Asar soʻngida Christy Mary Carrni bazmda uchratadi. Mary hamshira edi. Ular turmush qurishadi va birga baxtli hayot kechirishadi[1].

Christy Brown - Asar muallifi va bosh qahramon

Brown xonim - Christyning onasi

Katriana Delhaut - Christyning tarbiyachisi

Shifokor Collis - Christyni muolaja qilgan va tibbiy yordam koʻrsatgan kishi[2].

Ekranlashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„My left foot“ kitobi asosida 1989-yilda film suratga olingan. Filmda Daniel Day-Lewis Christy Brown rolini ijro qilgan va „Eng yaxshi erkak aktyor“ nominatsiyasi boʻyicha Oscar mukofotini qoʻlga kiritgan. Brenda Fricker „Eng yaxshi yordamchi ayol“ nominatsiyasi boʻyicha Oscar sohibasi boʻlgan[3].

  • Christy falaj kasalligi tufayli faqat chap oyogʻining barmoqlari bilan rasm chizgan va hikoya yozgan.
  • Christy Brownning oʻnta akasi bolaligida vafot etgan.
  • Shifokor Robert Collis Christyning yozish koʻnikmasini shakllantirgan va biografik kitobini chop etishida koʻmaklashgan.
  • Christy Brown amerikalik Beth Moore degan oilali ayol bilan turmush qurishni rejalashtirgan.
  • Christy 1970-yilda Moore haqida Down All the Days nomli kitob yozgan.
  • 1970-yilda Christy Brown Mary Carr bilan bazmda tanishib qolgan va keyinchalik turmush qurgan.
  • „My left foot“ asari Irlandiya adabiyotida „Ulysses“ asaridan keyin yaratilgan eng ommabop asar.
  • Christy Brown 49 yoshida vafot etgan.
  • Asar baʻzi manbalarda „Mening chap barmogʻim“ deb ham ataladi[4].
  1. „My Left Foot Summary“. supersummary.com. 2024-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
  2. „Sol Ayağım - Kitap Özeti Oku, Konusu, Karakterleri Ve Sayfa Sayısı“. milliyet.com.tr. 2024-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
  3. „My Left Foot“. en.m.wikipedia.org. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
  4. „Fun Facts Friday: Christy Brown“. manoflabook.com. 2023-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-iyun.