Kontent qismiga oʻtish

Muyassar Temirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muyassar Temirova
Fayl:Muyassar Temirova.jpg
Tavalludi 2-fevral 1941-yil (1941-02-02) (83 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1958-yildan hozirgacha
Millati oʻzbek
Unvoni Oʻzbekiston qahramoni
Oʻzbekiston SSR xalq rassomi
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni

Muyassar Temirova (1941-yil 2-fevral, Shergiron qishlogʻi, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston qahramoni. Atoqli oʻzbek zardoʻzi. Buxoro zardoʻzlik maktabi namoyondalaridan biri. Oʻzbekiston SSR xalq rassomi (1972). Oʻzbekiston Respublikasi „Hunarmand“ uyushmasi Buxoro viloyat boshqarmasining faxriy aʼzosi.

Bolalik va yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muyassar Temirova 1941-yil 2-fevralda Buxoro viloyati Buxoro tumanining Shergiron qishlogʻida tavallud topgan[1][2][3][4][5][6][7][8][8][9][10].

Buxorolik zardo‘zlarining yosh avlodiga mansub bo‘lib, zamonasining ustalardan saboq olgan.

Muyassar Temirova zardoʻzlik faoliyati bilan 1958-yildan buyon shugʻullanib keladi. Zardoʻzlik sanʼatining rivojiga katta hissa qoʻshgan. Uning 700 nafarga yaqin shogirdlari boʻlib. U zardo‘zlik san’atida yuqori muvaffaqiyatlarga erishib, O‘zbekiston SSR xalq rassomi faxriy unvoni bilan taqdirlangan, yetuk usta sifatida sifatida tan olingan.

Uning ijodiy ishlari MDH davlatlari va Fransiya, Germaniya, AQSh, Italiya, Shveysariya kabi oʻndan ortiq mamlakatlarda tashkil etilgan xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etilib, sertifikatlar va qimmatbaxo sovgʻalar sovrindori boʻlgan.

1959-yildan Buxoro zardoʻzlik fabrikasida (hozirgi Buxoro „Zardoʻz“ aksiyadorlik jamiyamati) usta, sex boshligʻi, boʻlim boshligʻi; 1994-yildan yuksak badiiy buyumlar tayyorlash boʻlimining katta ustasi. Zardoʻz M. Ahmedovaga shogird tushib, anʼanaviy zardoʻzlik sanʼatini puxta egalladi. Muyassar Temirova egallagan malakasini ish faoliyatida mahorat bilan qoʻllab, zardoʻzlik sanʼatini nozik did bilan tayyorlangan sanʼat durdonalari bilan boyitdi: anʼanaviy zardoʻzi buyumlar (doʻppi, toʻn, kavush va boshqalar) uchun yangi naqsh mujassamotlar yaratdi. Muyassar Temirova ayollarning zardoʻzi libosi majmuini tayyorladi (1970, Yaponiya EKSPO 70 koʻrgazmasida namoyish etilgan), yangi zamonaviy badiiy buyumlar ijod etdi; yirik zardoʻzi namoyonlar yaratishga boshchilik qildi va bu sohada faol ijodiy faoliyat olib bordi. Jumladan, Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai kalon, Alisher Navoiyning 525 yilligiga bagʻishlangan zardoʻzi namoyonlar, Xalqlar Doʻstligi va „Turkiston“ sanʼat saroylarining zardoʻzi pardalari va boshqa T. Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va gerbi, Oʻzbekistondagi tarixiy shaxslarning zardoʻzi portretini yuksak mahorat ila yaratdi.

Muyassar Temirova koʻplab shogirdlar (700 dan ortiq) tayyorladi. Muyassar Temirova tayyorlagan ishlari bilan 1972-yildan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi, u yaratgan badiiy buyumlardan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzey va toʻplamlarida saqlanadi.[11]

  1. „Muyassar Temirova“. Oyina.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  2. „Temirova Muyassar „Oʻzbekiston Qahramoni“ „Oltin yulduz“ medali bilan taqdirlangan usta hunarmand“. Handicraftman.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  3. Тухсанова, s. 240—242.
  4. „Мастера золотошвейного искусства Бухары ХХ века“. Journalpro.ru. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  5. „„Oʻzbekiston qahramoni“ unvonini olgan oʻn olti nafar ayol (+surat)“. Uza.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  6. „Buxoroda birinchi marotaba xalqaro „Zardoʻzlik va zargarlik“ festivali oʻtkazildi“. Uza.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  7. Kazakova 2022, s. 277—281.
  8. 8,0 8,1 „„Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan ayollar“. Oyina.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  9. „„Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan nechta ayol taqdirlangan?“. Yuz.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  10. Золотое ремесло рукодельниц древней Бухары 2015, s. 1495-1498.
  11. "Temirova Muyassar" OʻzME. T-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Kazakova M. Buxorolik qahramon ayollar ibrati // Scientific progress. — 2022. — № 3.
  • Ражабова Г. Ж. и др. Золотое ремесло рукодельниц древней Бухары // Молодой ученый. — 2015. — № 9.
  • Тухсанова В. Р. Мастера золотошвейного искусства Бухары ХХ века // Евразийский научный журнал.