Muxtorxon Tashxodjaev
Muxtorxon Tashxodjaev | |
---|---|
Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 19-avgust 2019-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-sentyabr 1983-yil Qoʻqon, Fargʻona viloyati |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Taʼlim | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Kasbi | Iqtisodiyot |
Ilmiy unvoni | PhD |
Mukofotlari |
Muxtorxon Maxsudovich Tashxodjaev (tugʻ. 1983-yil 21-sentyabr, Qoʻqon, Fargʻona viloyati) — iqtisod fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi, O‘zbekiston Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi raisi, Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti, Qoʻqon Universiteti kuzatuv kengashi raisi, Taʼlim, tadqiqot va innovatsiyalar jamoat fondi (TTIF) taʼsischisi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi. Bir qator davlat mukofotlari sovrindori.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1983-yil Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. 2002-2009 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi (bakalavr va magistratura).
Mehnat faoliyatini 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti axborot texnologiyalari va masofaviy oʻquv markazi muhandisligidan boshlagan.
- 2009-2010-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korpotativ boshqaruv kafedrasi assistenti.
- 2010-2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri yordamchisi.
- 2011-2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi.
- 2012-2014-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv va raqobatni rivojlantirish kafedrasi katta oʻqituvchisi.
- 2014-2014-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv va raqobatni rivojlantirish kafedrasi dotsenti.
- 2014-2014-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bank ishi fakulteti dekani muovini.
- 2014-2016-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bank ishi fakulteti dekani.
- 2016-2020-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti dekani.
- 2013-2019-yillarda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari.
- 2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi raisi.
- 2019 — hozirgi vaqt Osiyo Paralimpiya Qoʻmitasi vitse-prezidenti.
- 25.05.2021 — hozirgi vaqt Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi.
Muxtorxon Tashxodjaev Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi va uning rahbarligida oʻzbekistonlik paralimpiyachilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida dunyo reytingida 16-oʻrindan joy oldi. Paralimpiya sport turlarini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Muxtorxon Tashxodjaev 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Ilmiy asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]M.Tashxodjayev ilmiy tadqiqot ishlari doirasida 5 ta darslik, 8 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlagan, 2 ta monografiya, respublika va xorijiy mamlakatlarda chop etilayotgan jurnallarda 30 ta hamda respublika va xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan konferensiyalarda 36 ta maqola va tezislari eʼlon qilingan.
M.Tashxodjayev ilmiy rahbarligida 2 nafar tadqiqotchi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, 3 nafar talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori, 5 nafar talabasi nomdor davlat stipendiyasi sovrindori va 6 nafar talabasi respublika fan olimpiyadasi gʻolibi boʻlgan.
2014
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Taʼlim xizmatlari bozori va uning rivojlanishini iqtisodiy tahlili // „Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar“ ilmiy elektron jurnali. № 1, 2014.
- Management in higher education system // Europaische Fachhochschule European Applied sciences # 11, 2014.
- Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish // Ekonomika-finansi. Tashkent, 2014.
- „Ishlab chiqarish infratuzilmasi“ // „Faylasuflar jamiyati“ nashriyoti. Toshkent, 2014.
- Upravlenie visshim uchebnim zavedeniem // „Iqtisodiyot va innovatsion tekhnologiyalar ilmiy elektron“ jurnali. № 6, 26.09.2014.
- „Effektivnoe ispolzovanie sotsialno-ekonomicheskogo potensiala i vovlechenie novix istochnikov ekonomicheskogo rosta“ // Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Toshkent, 05.10.2014.
- Upravlenie v sisteme visshego obrazovaniya Respubliki Uzbekistan // Biznes — Ekspert № 12 (84), 2014.
2015
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Infratuzilma iqtisodiyoti // Darslik. Iqtisodiyot, 2015
- Higher education as a major of growth and development of economy // Proceedings of the 5th Uzbekistan Indonesia international joint conference in 2015
- OTM innovatsion strategiyasini shakllantirish va boshqarish masalalari // „Moliya“ jurnali, Toshkent moliya instituti № 1, 2015.
- Sovershenstvovanie metodologii Gosudarstvennogo upravleniya sistemoy visshego obrazovaniya // Nauchno-analiticheskiy jurnal „Nauka i praktika“, Moskva.: FGBOU VPO „REU im. G. V. Plexanova“, № 1 (21) 2016, 52-59 str.
- The role of information communication technologies in the economic development of the Republic of Uzbekistan // Emerics issue analysis, Institute for International Economic Policy, Korea, 15.01.2017
2016
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Development opportunities of scoring method of consumer crediting in Uzbekistan // European journal of economics and management sciences № 4 2016, Vienna, Austria.
- Prospects development of securitization of banking assets in Uzbekistan // Austrian Journal of Humanities and Social Sciences № 9-10, September-October, 2016.
2018
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Innovatsion menejment // „Voris nashriyot“ MCHJ Toshkent 2018.
2019
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ijtimoiy sohada investitsiyalarning samaradorligi // Iqtisodiyot, 2019
- Tashkiliy hulq // Darslik. Iqtisodiyot, 2019
2020
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O‘zbekistonda oliy taʼlim muassasalarida moliyaviy menejmentni rivojlantirish yo'llari // „Moliya va bank ishi“ ilmiy elektron jurnali. № 4, 2020.
2021
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalarida talabalarga stipendiya va professor-o‘qituvchilarga ish haqi to‘lashning moliyaviy menejmentga taʼsiri // „Logistika va iqtisodiyot“ ilmiy elektron jurnali. № 2, 2021.
- Oliy taʼlim tizimini moliyalashtirishda davlatning roli // „Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar“ ilmiy elektron jurnali. № 2, 2021.
- Milliy iqtisodiyot korporativ tuzulmalarida kapital bozorining faolligini oshirish masalalari // Yangi O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy-innovatsion yo'nalishlari. 25.11.2021
Mukofatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi“ faxriy unvoni
- „O‘zbekiston belgisi“ ko‘krak nishoni
- Mudofaa vazirligining „Namunali xizmatlari uchun“ ko‘krak nishoni
- „O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni
- „O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ esdalik nishoni
- „O‘zbekiston Mustaqilligiga 30 yil“ esdalik nishoni
- „O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil“ esdalik nishoni
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Kasaba Uyushmalari Federatsiyalarining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- https://paralympic.uz/leader/rais
- https://www.gazeta.uz/ru/2019/08/19/association/
- https://olamsport.com/oz/news/muxtorxon-tashxodjaev-osiyo-paralimpiya-qomitasi-vice-prezidenti
- https://yuz.uz/uz/news/muxtorxon-tashxodjaev-osiyo-paralimpiya-qomitasi-vitse-prezidenti-lavozimiga-saylandi
- https://kun.uz/ru/news/2021/12/01/predstavitel-uzbekistana-vpervyye-voshyol-v-sostav-rukovodstva-paralimpiyskogo-komiteta-azii