Kontent qismiga oʻtish

Murgʻob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Murgʻob
Mari shahridagi daryo
Mari shahridagi daryo
Tavsif
Uzunligi 978
Maydoni 469 000 km²
Davlat Afgʻoniston va Turkmaniston
Murgʻob

Murgʻob (turkmancha: Murgap) — Afgʻoniston va Turkmanistondagi daryo. Uzunligi 978 km, xavzasining maydoni 469 ming km². Afgʻoniston hududidagi Paropamiz togʻlaridan boshlanib, Bandi-Turkiston va Sa-fedkoʻh tizmalari oraligʻidagi tor vodiydan oqadi. Turkmaniston hududida vodiy kengayadi, bu yerda irrigatsiya tarmoqlari barpo etilgan. Daryo Qoraqum choʻliga chiqqandan soʻng quruq delta hosil qiladi. Mari shahridan yuqoriroqda Murgʻobni Qoraqum kanali kesib oʻtgan. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi oʻrta oqimida 52 m³/sek. Martmay oylarida suvi koʻpa-yadi, qishda daryo toshadi. Suviningloyqaligi 4500 g/m3. Irmoqlari: ungda — Obiqaysar, chapda — Kashan, Kushka. Murgʻob suvi sugʻorishga sarflanadi. Murgʻob boʻyida Yoʻloʻtan, Mari, Bayramali shaharlari joylashgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil