Kontent qismiga oʻtish

Muoviya ibn Hudayj

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muoviya ibn Hudayj
Ifriqiya hokimi
Mansab davri
tax. 665 – 666
Hukmdor Muoviya I
Vorisi Uqba ibn Nafiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti tax. 670
Misr
Munosabatlari
Bolalari Abdurahmon ibn Muoviya ibn Hudayj
Otasi Hudayj ibn Jafna
Mansubligi Roshidun xalifaligi
Muoviya I
Umaviylar xalifaligi
Qoʻshin turi askar (636–661)
general (661–665)
Xizmat yillari 636–661

Abu Nu’aym[1] Muoviya ibn Hudayj[2] ibn Jafna ibn Qatira as-Sakuniy[3] at-Tujibiy[4] al-Kindiy[5] (arabcha: معاوية بن حديج بن جفنة بن قتيرة التجيبي) – xalifa Muoviya I Ifriqiyada hukmronlik qilgan davrda Kinda qabilasi sarkardasi. Vizantiya imperiyasiga qarshi Shom, Sitsiliya va Ifriqiyadagi dastlabki musulmonlar fathlarida, shuningdek, Sosoniylar imperiyasiga qarshi Qodisiyya jangida ishtirok etgan.

Muoviya Yarmuk jangi[6], Qodisiya jangi[7] va Jalula jangida qatnashgan[8].

Ali ibn al-Asir oʻzining „Usd al-gʻoba fi marifat as-Sahoba“ asarida yozilishicha, Muoviya ibn Hudayj Abdulloh ibn Saʼd boshchiligida berberlarga qarshi Magʻribning musulmonlar tomonidan bosib olinishida ishtirok etgan[9]. Makuriya qirolligi poytaxti Dongola qamalida Abdulloh ibn Abu Sarh qoʻl ostida xizmatini davom ettirgan[10][9]. Bu jangda Ibn Hudayj bir koʻzidan ayrilgan[10]. Keyinchalik, hijriy 44-yilda (milodiy 664–665) Sitsiliya oroliga toʻsatdan hujum uyushtirgan[11] va bu yurishni amalga oshirish uchun ikki yuzta kema olib kelingan[12]. Ibn Hudayj milodiy 665-yilda Levantga ushbu yurish orqali qoʻlga kiritilgan koʻplab oʻljalar bilan qaytgan[12]. Tarixchi Balozuriyning soʻzlariga koʻra, u Muoviya ibn Abu Sufyonning buyrugʻi bilan Sitsiliya oroliga hujum uyushtirgan va orolga birinchi boʻlib hujum qilgan musulmon qoʻmondoniga aylangan[13].

  1. Also Abu 'Abd al-Rahman, cf. Pellat 1993.
  2. Ibn Khadīj, according to the Jamhara of Ibn al-Kalbī, cf. Pellat 1993.
  3. Pellat 1993.
  4. Usd al-Ghabah 4 / 383
  5. Al-Bidāya wa-n-Nihāya/Part Seven/Then I entered the year thirty-eight
  6. Muslim Expansion and Byzantine Collapse in North Africa By Walter E. Kaegi, Walter Emil Kaegi. Page 180.
  7. Ṭabarī, ., & Friedmann, Y. (1992). The battle of al-Qādisiyyah and the conquest of Syria and Palestine: A. D. 635-637/A. H. 14-15. Albany: State University of New York Press. Page 12.
  8. L' Afrique vandale et byzantine: Revue internationale d’histoire et d’archéologie (IVe – VIIIe s.). (2002). Turnhout: Brepols. Page 282
  9. 9,0 9,1 Muḥammad Lamīlam 1985, s. 38-39
  10. 10,0 10,1 Akram 1977, s. 206
  11. Akram 1977, s. 201
  12. 12,0 12,1 Ibn al-Dabbaj, al-Khayali & ibn Mahmud 2005, s. 73
  13. al-Afani 2003, s. 423