Kontent qismiga oʻtish

Mun Yon Sik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mun Yon Sik
Tavalludi 23-iyul 1903-yil
Vafoti 18-sentyabr 1966-yil(1966-09-18)
(63 yoshda)
Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Mun Yon Sik (1903-yil 23-iyul – 1966-yil 18-sentyabr) – Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, Budyonniy kolxozining agronomi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949)[1][2].

Mun Yon Sik 1903-yil 23-iyulda Koreyada (boshqa maʼlumotlarga koʻra, Janubiy Ussuri tumani Zanadvorovka qishlogʻida) tugʻilgan. Tugʻilgandan payti uning koʻrish qobiliyati past edi. Zanadvorovkadagi boshlangʻich maktabning ikkinchi sinfini tamomlagan. 1912-yildan u ota-onasining shaxsiy fermasida ishlagan holda qishloq mehnati bilan shugʻullangan. 1930-yilda Posyetskiy tumani Budyonniy nomidagi kolxozga ishga kirdi. 1937-yilda butun kolxoz bilan birga Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumaniga surgun qilinadi.

Urushdan keyingi yillarda uning kolxozi sholi yetishtirishda yetakchi edi. U sholini uch xil oziqlantirishni oʻz ichiga olgan yangi uslubni ishlab chiqdi: birinchisi (may oyining oxirida) hayvon ahlati va kul aralashmasi bilan 1,5-2 t/ga, ikkinchisi (20-iyun) ammiakli selitra va superfosfat bilan 3,0 ts/ga, uchinchisi esa bir xil dozada iyul oyining oxirida. Ekinlarni qisqa muddatda va yoʻqotishlarsiz yigʻib oldi.

1848-yilda Mun Yon Sik kolxozi 5 gektar maydonda har gektardan oʻrtacha 88,3 sentner guruch yigʻib oldi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1949-yil 18-maydagi farmoni bilan Lenin ordeni va „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.

Kolxozda kanop yetishtirishga harakat qildi. Oʻn gektar yerga kanop ekib, yuqori hosil ham oldi.

Nafaqaga chiqqunga qadar Budyonniy kolxozida (1962-yildan – „Tong kommunizmi“ kolxozi) ishlagan. Kolxozdagi uzoq yillik mehnati evaziga kasaba uyushmasidan nafaqa olgan. 1966-yil sentyabr oyida vafot etdi. Quyi Chirchiq tumani (hozirgi Oqqoʻrgʻon tumani) sobiq Budyonniy nomidagi kolxoz qabristoniga dafn etilgan. .

  • Советская агрономия, Том 8. Гос. изд-во с.-х. лит-ры, 1950
  • Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
  • З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
  • Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
  • Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
  • Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999