Kontent qismiga oʻtish

Mulla Ahmad masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mulla Ahmad masjidi (ozarbayjoncha: Molla Əhməd məscidi) yoki Nosir ad-Din Gashtasib masjidi[1] (ozarbayjoncha: Nəsir ad-Din Gəştasib məscidi) — XIV asrga oid tarixiy masjid. Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahridagi Sobir koʻchasida joylashgan. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan[2].

Mulla Ahmad masjidi Icheri-sheherdagi mahalla masjidi hisoblanadi. Masjid Nasriddin Gushtasi ibn Hasan Hojibobo buyrugʻiga binoan XIV asr boshlarida meʼmor Mahmud ibn Saʼd tomonidan qurilgan. Shuningdek, ushbu meʼmor tomonidan Bibi-Haybat qishlogʻida Nardaron qalʼasi (1301) va minorali masjid ham bunyod etilgan. Yodgorlikka mahalliy aholi tomonidan masjid oxuni bo‘lgan Ahmad oxun nomi berilgan[3].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid toʻrtburchak shaklda qurilgan boʻlib, bitta kichik oʻlchamli zaldan iborat. Janubiy devorida oddiy mehrob, yon tomonlarida tojli past tosh gumbaz oʻrnatilgan. Uning assimetrik jabhasi aniq konturli kirish qismi va undan keyin bir-biriga qoʻshilib ketgan ikkita deraza bilan bezatilgan[1][3].

Masjidning yuqori qismida arabcha yozuvlar mavjud. Ikki qatorli yozuvda masjidning qurilgan sanasi, uning buyurtmachisi, shuningdek, harbiy, diniy va yodgorlik binolari va inshootlarini qurishda faol ishtirok etgan meʼmor haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. Yozuvlarda, asosan, Shirvonshohlar davrining taʼsirini kuzatish mumkin[4].

  1. 1,0 1,1 „Molla Əhməd (Nəsir ad-Din Gəştasib) məscidi“ (az). www.icherisheher.az. 2018-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
  2. „Azərbaycan Respublikası ərazisində dövlət mühafizəsinə götürülmüş daşınmaz tarix və mədəniyyət abidələrinin əhəmiyyət dərəcələrinə görə bölgüsünün təsdiq edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikasi Nazirlər Kabinetinin qərarı“. e-qanun.az. 2017-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
  3. 3,0 3,1 „MОLLА ƏHMƏD MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2016-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
  4. „MОLLА ƏHMƏD MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2016-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.az/#monument14 „MOLLA ƏHMƏD MƏSCİDİ“ (in Azerbaijani). icherisheher.gov.az. Archived from az/#monument14 the original on 27 July 2016. Retrieved 7 April 2018.