Kontent qismiga oʻtish

Muhammadvali gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammadvali gʻori -Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi gʻor. Chilustun togʻining shimoliyyon bagʻrida, 1085 m balandlikda joylashgan. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorni birinchi boʻlib akademik D. I. Shcherbakov tekshirgan (1931). Gʻor ogʻzi shimoli-sharq tomon ochilgan (eni 1,6 m, balandligi 2,5 m). Gʻor shipi va devorlari kalsiy mineralidan tashkil topgan hosilalar bilan qoplangan gumbazsimon xonadan boshlanadi (uz. 3 m, balandligi 2,7). Undan ichkariga tomon bir qancha yoʻlaklar (uz. 3,5 m gacha, balandligi 2 m gacha, eni 2,5 m gacha) davom etadi hamda yana 4 ta xona (uz. 3,5- 22 m, eni 2,5-4 m, balandligi 1,7-5 m) tutashgan. Gʻor sahni notekis, oxirida pasayib tor yoriqqa aylanadi. Bu qismida suv yigʻilib qolgan. Gʻorning umumiy uz. 57 m, maydoni 92 m2, hajmi 276 m3.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil