Muhammadjon Fayzullin
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Muhammadjon Fayzullin. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Muhammadjon Fayzullin“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • Fayzullin qaydlar • oʻchirish |
Fayzullin Muhammadjon | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1902-yil Jizzax |
Vafoti | 1937-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Millati | oʻzbek |
Kasbi |
|
Fayzullin Muhammadjon (1902-yilda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik pedagog.
Hayoti va mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fayzullin Muhammadjon 1902-yilda Jizzax shahrida tijoratchi oilasida dunyoga kelgan. Dastlab eski usuldagi maktab va rus-tuzem maktabida oʻqigan. 1919—1920-yillarda yoshlar ittifoqi aʼzosi boʻlgan. 1920-yildan boshlab pedagogika bilim yurtini oʻqib tamomlagan.
1920—1923-yillarda Jizzaxdagi 6-sonli maktabda oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritgan. Keyinchalik firqa aʼzosi boʻlgan. 1923—1924-yillar mobaynida Jizzax shahar boʻlimi boshligʻi, 1925-yilgacha esa maorif boʻlimi mudiri boʻlib ishlagan[1]. 1925—1929-yillar davomida yuridik kurs talabasi hamda Samarqand prokurori yordamchisi boʻlib ishlagan. 1927-yil 3-martdan 1930-yil 1-maygacha Oʻrta Osiyo PP OGPU xodimi, soʻngra Mirzachoʻl GPU hamda Quyi Chirchiq GPU vakili yordamchisi boʻlgan. Ilmiy-amaliy va hayotiy tajribalarining yetishmovchiligi tufayli oʻz xohishi bilan GPUdan ketadi[2].
Ayblov
[tahrir | manbasini tahrirlash]1931-yil 5-noyabrda aksil inqilobiy kontrrevolyussion, millatchilik harakatida ayblanib qamoqqa olingan. TurkVo harbiy okrugi tribunali tomonidan 10 yilga konsentrasion lagerga hukm qilingan. Jazoni Solovesk lagerida oʻtayotgan paytda mahbuslarni birlashtirish, firqa yoʻlboshchilariga terror qoʻllash, sultongaliyevichilar bilan aloqa oʻrnatishda ayblanib, sud hukmisiz, jinoiy ish ochilmagan holda 1937-yilning 27-oktyabrida otuvga hukm qilingan.
1967-yil 26-sentyabrda Leningrad shahar sudining hukmiga koʻra oqlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Fayzullin, Muhammadjon „Surgun, otuv hukmi, o‘ttiz yildan keyingi oqlov – Jizzax “Milliy ittihod” sho‘basi a’zolari qismati“. oyina.uz. Qaraldi: 14-fevral 2025-yil.
- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: eʼlon qilinmagan urush Katta qirgʻin qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.