Muhammad al-Ustrushaniy
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad al-Ustrushaniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 953-yil (hijriy 342-yil) |
Vafoti | milodiy 1016-yil (hijriy 407-yil) |
Dini | Islom |
Muhammad ibn Hasan ibn Muhsin al-Ustrushaniy (953-yil, Ustrushana — 1016-yil) — faqih. 953-yilda Ustrushanada tavallud topgan. U fiqh ilmidan tahsil olish maqsadida 976-yili 23 yoshida Bagʻdodga borib, u yerda shayx as-Saymariy va bosh qozi Abu Abdulloh ad-Domigʻoniylarga shogird tushgan. U tahsil olib boʻlganidan soʻng Baytul Muqaddasga borib, u yerda muqim yashab qoladi. Umrining oxirida yana Bagʻdodga qaytib kelib, 1016-yili oʻsha yerda vafot etgan. Uning oʻgʻli Iroqning Mosul shahri yuqorisida joylashgan kurdlarning Fanak nomli qalʼasida qozi boʻlgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Renessans olimlari qomusi (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 152-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |