Muhammad Yusuf koʻchasi (Toshkent)
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirzo Ulugʻbek |
Uzunligi | 1.1 km |
Avvalgi nomlari | Dogʻiston koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | Muhammad Yusuf |
Muhammad Yusuf koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek tumanida. Mirzo Ulugʻbek va Parkent koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1,1 km atrofida.
Dastlab Dogʻiston nomi berilgan. 2002-yil 29-iyundan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf (1954-2001) nomi bilan yuritiladi[1].
Yoʻnalishida supermarket, marshrutli taksilar boshbekati, ikki qavatli va shaxsiy turar joy binolari, savdo shoxobchalari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Yaqinida „Buyuk Ipak yoʻli“ metro bekati, „Boʻz“ va „Parkent“ bozorlari, yonilgʻi quyish shoxobchasi mavjud.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.