Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Arofa ad-Desukiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad Ahmad Arofa ad-Desukiy
Unvoni Ad-Desukiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1-aprel 1815-yil (hijriy 1230-yil )
Dini Islom
Yurisprudensiya Sunniy, Molikiy
Mashhur ish(lar)i Hashiyat ad-Desouki 'ala ash-Sharh al-Kabir

Muhammad ibn Ahmad ibn Arofa ad-Desukiy (hijriy 1230/milodiy 1815-yil aprelda vafot etgan) ad-Desukiy yoki ad-Dusuqiy nomi bilan tanilgan. Desukiy Misrning Desouk shahridan boʻlgan Molikiy mazhabidagi taniqli huquqshunos hisoblanadi.

Ad-Desukiy Shimoliy Misrdagi Desouk shahrida tugʻilgan. U Desoukdan Qohiraga koʻchib oʻtgan va oʻsha yerda al-Azhar universitetining bir qator olimlar, xususan, Ahmad ad-Dardir qoʻl ostida saboq oldi. Ad-Darir yozgan „Halilning Muxtasari“ asari Molikiy mazhabidagi eng muhim soʻnggi asarlardan biridir. Uning Molikiy fiqhidagi eng muhim hissasi „Hoshiya“ („Halilning Muxtasari“ asarini izohlashiga oid eslatmalari) asari boʻlib, u Molikiy mazhabining fatvo berish holatlarida eng koʻp murojaat qilingan asarlardan biridir. Ad-Desukiy al-Azhardagi oʻqitish uslubida va oʻz asarlarida murakkab masalalarni soddalashtirish qobiliyati bilan mashhur edi. Hasan al-Attor uning eng mashhur shogirdlaridan biri boʻlib, keyinchalik al-Azharning buyuk imomi boʻlgan. Desukiy 1815-yilda Qohirada vafot etgan[1].

  1. „بوابة دار الإفتاء المصرية“. www.dar-alifta.org. Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.