Muhammad Ali Arakiy
![]() Buyuk Oyatulloh Muhammad Ali Arakiy | |
Unvoni | Oyatulloh |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 22-dekabr 1894-yil |
Vafoti |
24-noyabr 1994-yil (99 yoshda) |
Hazrati Maʼsuma saroyi | |
Dini | Shialik (Oʻn ikki imom) |
Buyuk Oyatulloh Muhammad Ali Arakiy (1894-yil 22-dekabr[1] Arok – 24-noyabr 1994-yil Qum)[2][3] eronlik oʻn ikki shia marjaʼsi. Arakiy koʻplab Eron inqilobiy shaxslarining ustozi boʻlgan va Ruhulloh Xumayniy davridan omon qolgan oxirgi kishi edi. Muhammad Ali Arakiy vafot etganida, Islom Respublikasi axborot agentligi: „U tirik marjalar orasidagi eng buyuk marja“ deb eʼlon qildi[4].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Ali Arakiy 1894-yilda Eronning Arok shahrida tugʻilgan. Taʼlimni Arok Havzadan boshlagan. Buyuk Oyatulloh Xariy unga salla va chopon kiyishga ruxsat berdi. Shuningdek, Arakiy uzoq yillar Yazd Havzada tahsil olgan. Shundan soʻng Qumga hijrat qilib, Abdulkarim Xaʼriy Yazdiy qoʻlida oʻqishni davom ettirdi[5]. Ruhulloh Xumayniy vafotidan soʻng, Oyatulloh Muhammad Rizo Golpaygʻoniy Qum seminariyasi oʻqituvchilari jamiyati tomonidan Humayniy tarafdorlari uchun marjaʼ sifatida tanlandi va Golpaygʻoniy vafotidan keyin Araki oʻrniga tayinlandi[6][7]. Demak, Arakiy Ruhulloh Xumayniy davrida omon qolgan oxirgi odam edi[8].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oyatulloh Arakiy 1994-yil 24-noyabrda 99 yoshida vafot etdi[9][10][11]. U Qum shahridagi Fotima Masuma ziyoratgohida dafn etilgan[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The calendar of Jamadi al-Thani ahlolbait.com
- ↑ Grand Ayatollah Mohammad Ali Araki revolution.pchi.ir
- ↑ „مرحوم آیتالله اراکی، از مجالست با اهل غفلت خودداری میکرد - تماشاگر پلاس“. 2017-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
- ↑ „MOHAMMAD ALI ARAKI DIES AT 100“. The Washington Post (1994-yil 30-noyabr). 2017-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-aprel.
- ↑ „Ayatullah Al-Uzama Mohammed Ali Araki“. www.islamic-laws.com. 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-aprel.
- ↑ Said Amir Arjomand. Rule of Law, Islam, and Constitutional Politics in Egypt and Iran, The. SUNY Press, 25 March 2013 — 6o-bet. ISBN 978-1-4384-4598-4.
- ↑ David Menashri. Central Asia Meets the Middle East. Routledge, 5 November 2013 — 94-bet. ISBN 978-1-135-24150-6.
- ↑ „MOHAMMAD ALI ARAKI DIES AT 100“. The Washington Post (1994-yil 30-noyabr). 2017-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-aprel.
- ↑ „MOHAMMAD ALI ARAKI DIES AT 100“. The Washington Post (1994-yil 30-noyabr). 2017-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-aprel.
- ↑ Said Amir Arjomand. After Khomeini: Iran Under His Successors. Oxford University Press, 20 November 2009 — 175-bet. ISBN 978-0-19-973955-4. Qaraldi: 2016-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Araki Events in History“. Brainy History. 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-aprel.
- ↑ „Ayatullah Al-Uzama Mohammed Ali Araki“. www.islamic-laws.com. 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-aprel.